Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Pensiya yoshidagi fuqarolarga beriladigan imtiyozlar


Bugungi kunda mamlakatizmda xalqimizning har bir qatlami uchun munosib turmush sharoiti yaratib berish uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, pensiya yoshidagi fuqarolar uchun ham ko’plab imtiyozlar taqdim qilingan. Jumladan, Soliq kodeksining 436-moddasiga ko’ra yolg’iz pensionerlar soliqlardan ozod qilingan. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.03.2022-yildagi PQ 167-son qarori bilan pensionerlar uchun bir qator imtiyozlar joriy etildi. Jumladan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi. Sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga shifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi. Shuningdek, keksalarning jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi muassasalarda (stadion, sport zallari, basseyn va boshqa sport majmualari) jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi, davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to‘liq qoplab beriladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.03.2023-yildagi PQ 94-son qaroriga asosan 2023-yil 1-apreldan boshlab Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida pensiya oluvchilarga bepul xizmat ko‘rsatila boshlandi.

To’rtko’l tuman adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti Qurbanbayev Ilxom O’ktamovich