Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda asosiy vazifalari.


Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 259-son qarori bilan
2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoniga muvofiq "Yuksak huquqiy madaniyat - mamlakat taraqqiyoti kafolati" degan konseptual g‘oya asosida tizimli va keng qamrovli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilishni nazarda tutuvchi Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonligini oshirish, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari davlat organlari va tashkilotlarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. U "shaxs - oila - mahalla - ta’lim muassasasi - tashkilot - jamiyat" prinsipi bo‘yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.
2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi quyidagilarni nazarda tutadi:
-oilada va ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar:
-notinchlik va zo‘ravonlikning bolalar tarbiyasidagi salbiy oqibatlari haqida ma’lumot yetkazish va ularning oldini olish;
-oliy ta’lim muassasalari hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv markazlarida inson huquqlari, ayollar huquqlari, bola huquqlari o‘quv kurslarini tashkil etish;
-ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga imtiyozlar va moddiy yordam berish masalalari bo‘yicha axborot-targ‘ibot ishlari va boshqalar;
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar:
-“Huquqiy savodxonlik oyligi”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” va “Konstitutsiyaviy huquq oyligi”ni o‘tkazish;
-huquqiy savodxonlikka oid minimal talablar bo‘yicha o‘qitish va ularning huquqiy bilimlarini baholash va boshqalar;
-aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar:
-“bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” loyihasi;
-nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xayriya aksiyalari;
-murojaatlarni tahlil qilish va tahlil natijasiga ko‘ra manzilli huquqiy targ‘ibot va boshqalar;
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish, shuningdek, OAVning rolini kuchaytirish:
-videoroliklar tasvirga olish hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqatish;
-aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga huquqiy masalalar bo‘yicha yechimlarni beruvchi portallarni huquqiy mavzudagi materiallar bilan boyitish;
-“Huquqiy axborot” telegram kanali qamrovini kengaytirish va boshqalar;
Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish (oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar bilan ishlash” mavzusini kiritish; barcha sohada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirib kelayotgan tadqiqotchilar uchun onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkonini beruvchi elektron platforma yaratish).

Amudaryo tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti M.G.Matyusupov