Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Manzil-ma’lumot axborotlarini olish tartibini bilasizmi?


Manzil-ma’lumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganligi, shuningdek, ma’lumot mavjud emasligi haqida ma’lumotlardir.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosatida mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xizmatdan foydalanuvchilarga sifatli va tezkor davlat xizmatlarini taqdim etish ustuvor masalalardan biri hisoblanadi.
Ichki ishlar sohasidagi davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 oktyabrdagi 797-sonli “Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Fuqarolarning manzil-ma’lumot axborotlari haqidagi ma’lumotnomalarni olish bo‘yicha davlat xizmati Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-ma’lumot byurolari tomonidan ko‘rsatiladi.
Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali da ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda to‘ldiradi.
So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng, ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ariza beruvchilar faqat o‘zlariga tegishli manzil-ma’lumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-ma’lumot axborotlari berilmaydi.


Amudaryo tumani adliya bo'limi
Davlat xizmatlar markazi bo‘lim boshlig‘i Xaytboev Sarvar Gulmanovich