Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Tovar belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish tartiblari


O‘zbekiston Respublikasining Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonuniga asosan Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilardir.
Tovar belgilari yakka tartibdagi va jamoaviy bo‘lishi mumkin.
Alohida yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli tovar belgisi yakka tartibdagi belgi hisoblanadi.
Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasining ular tomonidan ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan, bir xil sifatga yoki boshqa umumiy tavsiflarga ega bo‘lgan tovarlarini belgilash uchun mo‘ljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi.
Tasvirlar, so‘zlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.

Tovar belgisi huquqiy jihatdan uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish asosida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar belgisiga yoki tovar kelib chiqqan bir joy nomiga taalluqli bo‘lishi lozim.
Talabnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:
tovar belgisi sifatida belgini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;
belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati;
tovar ishlab chiqarilgan joyni jo‘g‘rofiy ob’ekt chegarasida ko‘rsatgan holda tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovar turining nomi hamda uning alohida xususiyatlari tavsifi.
Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi zarur:
talabnoma berganlik uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
talabnoma beruvchining zikr etilgan jo‘g‘rofiy ob’ektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur jo‘g‘rofiy ob’ektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan bog‘liq tovar ishlab chiqarishini tasdiqlovchi hujjatlar;
chet ellik talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan joyning talabnomada ifodalangan nomidan tovar kelib chiqqan mamlakatda foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarga taalluqli talablar
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk departamenti tomonidan belgilanadi.
Shuningdek mazkur qonunda tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan turlari ham ko‘rsatilb o‘tilgan, ulardan:
1) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
2) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to‘liq nomlari;
3) rasmiy nazorat, kafolat tamg‘alari va namuna yo‘sinidagi tamg‘alar, muhrlar;
4) davlat xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari;
5) farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar;
6) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar;
7) umum e’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar;
8) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o‘tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar;
9) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
10) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
11) ma’danli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi jo‘g‘rofiy nomlar bo‘lgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek basharti ular tarjima qilinib yoki «ko‘rinishdagi», «turdagi», «usuldagi» va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar bilan qo‘shilgan holda qo‘llanilsa;
12) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bo‘lgan belgilar;
13) quyidagi belgilar:
ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan ancha ilgariroq ustuvorlikka ega bo‘lgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘lgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday ko‘rsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno;
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sertifikatlash belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
14) quyidagi belgilar:
o‘zga shaxslarga tegishli va O‘zbekiston Respublikasi hududida taniqli bo‘lgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga bo‘lgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir talabnoma kelib tushgan sanadan avvalroq olingan bo‘lsa, takrorlovchi belgilar;
sanoat namunalarini, agar ularga bo‘lgan huquq O‘zbekiston Respublikasida o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lsa, takrorlovchi belgilar;
O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan ilmiy asarlar, adabiyot va san’at asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, san’at asarlarini yoki ulardan ko‘rinishlarni mualliflik huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxo‘rlari) roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar;
atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslarini va ulardan yasalgan so‘zlarni, bunday shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini, basharti bular O‘zbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi bo‘lsa, ana shu atohli shaxslar, ularning merosxo‘rlari yoki davlat organi roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar.

Intellektual mulk huquqlarin
himoya qilish bo‘limi boshlig‘i  K.Reymnazarov