Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Korrupsiyaga qarshi kurash – davr talabi


Taʼkidlash joizki davlatimiz raxbari hurmatli Yurtboshimiz tashabusslari bilan soʼnggi yillarda korruptsiyaga qarshi kurash masalasiga alohida jiddiy eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha harakatlar strategiyasi”ning ikkinchi ustuvor yoʼnalishida korruptsiyaga qarshi kurashish davlatning eng dolzarb ustuvor vazifalaridan biri sifatida koʼrsatib oʼtilgan edi.
Shu boisdan ham, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish hamda tartibga solish maqsadida, 2017 yil 3 yanvarda Oʼzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi OʼRQ-419-sonli Qonuni va bir qator qonun osti hujjatlari qabul etildi.
Ushbu Qonunning maqsadi korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat boʼlib, unda «korruptsiya», «korruptsiyaga oid huquqbuzarlik», «manfaatlar toʼqnashuvi» kabi asosiy tushunchalarga izoh berish bilan bir qatorda, korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy printsiplari ham qayd etilgan. Shuningdek, qonun bilan korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, jazo muqarrarligini taʼminlash va bu borada xalqaro hamkorlikni taʼminlash kabi choralar mustahkamlab qoʼyildi.
Ushbu qonunning mantiqiy davomi sifatida 2019 yilning 27 may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Farmoni bilan 2019–2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha navbatdagi Davlat dasturi tasdiqlandi. Bu boradagi soʼnggi qadamlardan biri sifatida 2021 yili 6 iyulь kuni «Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʼlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha 2021–2022 yillarga moʼljallangan Davlat dasturini keltirish mumkin. Unda 44 ta chora-tadbir koʼrsatib oʼtilgan boʼlib, ijro muddatlari, masʼul ijrochilar, ijro mexanizmi aniq belgilab qoʼyilgan.
Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini kuchaytirish maqsadida 2020 yil 29 iyunda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha alohida davlat organini tashkil etish boʼyicha “Oʼzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” Prezident 6013-sonli Farmoni va “Oʼzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida” 4761-sonli Qarori qabul qilindi. Аgentlikning asosiy vazifalaridan biri korruptsiya yuqori boʼlgan sohalarni chuqur tahlil qilish hamda korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hisoblanadi. Аgentlik har yili ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinishi lozim boʼlgan Korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida milliy maʼruzani shakllantiradi hamda uni Oʼzbekiston Prezidenti va Oliy Majlis palatalariga kiritadi.
Oʼzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan 2021 yil 18 noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Kiritilgan qoʼshimchalarga koʼra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini oʼrganish va tahlil qilish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar bilan tanishishga haqli ekanligi belgilandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi milliy maʼruzani Oliy Majlisga taqdim etadi.
Endilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʼgʼrisida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida boʼladi (ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgan.)

N.Radjapova
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti.