Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashaylik


Diniy ekstremizm o’z nima? Diniy ekstremizm-Muayyan diniy konfenssiya va tashkilotlardagi ashadiy mitaasib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm o’z aqidasining shak-shubhasiz to’g’rligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarning butunlay rad etilgan holda ularni tan olmaslik, balkiy ularni diniy asoslarnibuzishda ayblab, ularga qarshi urush ochishga olib boradiga omillardandir.Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.

Ma’lumki, O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o‘zining dinga munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda o‘zining huquqiy ifodasini topgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.

Diniy ekstremistik va terrorizm oqimlarga qarshi kurashni yanada faollashtirish hamda yoshlarni yot g‘oyalarga qo‘shilib ketishining oldini olish maqsadida diniy soha xodimlari quyidagilarga ahamiyat qaratishi zarur hisoblanadi:

- joylarda fuqarolar ichida din bilan bog‘liq jarayonlardan doimiy ravishda boxabar bo‘lib yurish, vaziyatning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilot va idoralar bilan amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash;

- o‘quv muassassalari, mahalla yig‘inlari, korxona va tashkilotlarda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish;

- ta’lim muassasalarida «Tinchlik eng oliy ne’mat», «Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q», «Diniy-ekstremistik oqimlar – davlat va jamiyatga tahdid» kabi mavzularda davra suhbati va seminar-mashg‘ulotlar son va sifatini oshirish, tadbirlarda diniy ekstremistik va terroristik guruhlarning asl qiyofasini fosh etuvchi, jinoyatlari aks etgan videotasvirlardan foydalanish;

- joylarda masjid va alohida uylarda(hujralarda) noqonuniy diniy ta’lim berish holatlariga barham berish yuzasidan tushuntirish ishlari tizimli o‘tkazish;

- mahalliy OAVda diniy ekstremizm va missionerlik g‘oyalarining jamiyatga tahdidi haqida davra suhbatlarida ishtirok etish, xalqaro terrorizm hamda diniy ekstremizm g‘oyalari zamirida g‘arazli geosiyosiy maqsadlar yotganligi, aqidaparastlar islomni buzib talqin qilishlarini asosli tarzda fosh etuvchi chiqishlarni ko‘paytirish;

- Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom instituti, Imom Buxoriy xalqaro markazi, O‘MIning joylardagi vakilliklarining internet saytlariga sof islom ta’limotlarini yoritishga bag‘ishlangan hamda turli norasmiy, g‘arazli oqimlar tomonidan da’vo qilinayotgan g‘oyalarga (xususan, mazhabsizlik, takfir, hijrat, jihod) haqqoniy ilmiy raddiya mazmunidagi maqolalarni muntazam berib borish;

- mahalllalarda hushyorlik va ogohlikni ta’minlash, yoshlarning tarbiyasida oila ma’suliyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar uyushtirish va bu kabi ishlarda faol ishtirok etish, mehnat migrantlari bilan ularni jihodiy jamoalar ta’siriga tushib qolishi oldini olishga qaratilgan suhbatlarda ishtirok etish;

- hokimiyat, korxona, tashkilot, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari bilan hamkorlikda xayriya faoliyatini kuchaytirish orqali ekstremistlar uchun «faoliyat maydonini» toraytirish va yo‘qqa chiqarishga alohida e’tibor qaratish;

- diniy-ekstremistik oqimlar tarkibida sodir etgan jinoyati uchun jazo o‘tagan, hozirda tuzalish yo‘liga kirgan va amnistiya tufayli ozodlikka chiqqan shaxslar bilan o‘tkaziladigan tarbiyaviy ishlarda qatnashish, ularga aqidaparastlikning asl mohiyati va zararli oqibatlarini tushuntirish bilan ijobiy ta’sir o‘tkazishga urg‘u berish.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurashish to'g'risida”gi va “Ekstremizmga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonuni hamda hozirda kunda, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 1 iyuldagi farmoni (PF-6255) bilan 2021−2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasi tasdiqlandi.

Xulosa qilib aytganda, diniy ekstremizm va terrorizm biron-bir din yoki millatga hos emas hamda hech qanday hudud va chegara bilmaydi, u qayerda faoliyat olib borish imkoni topilsa, o’sha joyni o’ziga markaz qilib oladi. Diniy ekstremizm hech bir din yoki biron millat va xalq manfaatiga xizmat qilmaydi, mutaassiblik va shavqatsizlikka tayangan holda muayyan bir guruh yoki guruhlarning siyosiy va iqtisodiy maanfatlarni ta’minlash yo’lida xizmat qiladi.



Amudaryo tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti 3-darajali yurist: J.O.Avezov