Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

ISHSIZLIK NAFAQASI KIMLARGA TO‘LANADI?


O‘zbekiston Respublikasi 20.10.2020 yilda qabul qilingan “Aholi bandligi to‘g‘risida” 642-son Qonunning 11-bobida Ishsizlik nafaqasini to‘lash tartibi belgilangan.
Mazkur kodeksning 51-moddasida belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
Ishsizlik nafaqasini to‘lash ishsiz shaxsning yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ishsizlik nafaqasiga soliq solinmaydi.
Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran hisoblanadi va to‘lanadi.
Ishsizlik nafaqasi o‘n ikki oylik davr ichida ko‘pi bilan yigirma olti kalendar hafta davomida to‘lanadi.
Joriy oyda ishsizlik nafaqasini to‘lash o‘tgan oy uchun amalga oshiriladi.
To‘liq bo‘lmagan kalendar oy uchun ishsizlik nafaqasini to‘lash chog‘ida ishsizlik nafaqasi mazkur nafaqa to‘lanishi kerak bo‘lgan ushbu kalendar oydagi kunlar sonining to‘liq kalendar oydagi kunlar soniga mutanosib miqdorda to‘lanadi.
Ishsizlik nafaqasini olish davrida ishsiz shaxs kasal bo‘lgan taqdirda ishsizlik nafaqasini ishsiz shaxsning qarindoshlari (otasi, onasi, eri (xotini), voyaga yetgan bolalari) yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ishsiz shaxsning boshqa ishonchli shaxslari tomonidan olishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘z mehnat stajini hujjat bilan tasdiqlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslarga ishsizlik nafaqasini tayinlash chog‘ida ularga ilgari ishlamaganlar va birinchi marta ish qidirayotganlar sifatida qaraladi.
Ishsizlik nafaqasini olish davrida ishsiz shaxs ish qidirishi va ishga joylashtirishga doir yo‘llanma (ishga joylashishga ko‘maklashish yuzasidan murojaatnoma) yoxud kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malakasini oshirishga yo‘llanma olish uchun ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga murojaat qilishi shart, deb belgilangan.
Shuningdek mazkur kodeksning 53-moddasida Tashkilotlardan bo‘shatilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatib berilgan.
Ya’ni, Qonunning 49-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha tashkilotlardan bo‘shatilgan shaxslar uchun, agar ular mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, belgilangan uch oylik muddat tugaganidan keyin birinchi kundan e’tiboran ishsizlik nafaqasi hisoblanadi.
Agar ushbu Qonun 49-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha tashkilotdan bo‘shatilgan shaxs mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan, lekin unga uch oylik davr tugaganidan keyin mahalliy mehnat organi tomonidan maqbul keladigan ish berilmagan bo‘lsa, u ishsiz shaxs maqomiga ega bo‘ladi hamda unga mehnat shartnomasi bekor qilingan sanadan keyin kamida ikki oy muddat o‘tgach ishsizlik nafaqasi hisoblanadi. Ishdan bo‘shatilayotgan shaxs maqbul ishga doir ikkita taklifni rad etgan taqdirda, u ishsiz shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi va o‘ttiz kalendar kundan so‘ng umumiy asoslarda ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinadi,-deb belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
65-moddasiga ko‘ra Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab kechi bilan o‘n birinchi kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ishsizlik nafaqasi o‘n ikki oylik davr ichida ko‘pi bilan yigirma olti kalendar hafta davomida to‘lanadi.
Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga yo‘llanma olish uchun murojaat qilishi shart.
Ishsizlik nafaqasining miqdori qonunchilik bilan belgilanadi,-deb belgilangan.


Taxiatosh tumani adliya bo‘limi boshlig‘i F.Z.Naranova