Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

61 yoshli otaxonning muammosi adliya bo`limi aralashuvi bilan hal qilindi


Beruniy tuman adliya bo`limiga fuqaro I.J. murojaat qilib, 1987-yilda vafot etgan marhum otasi A.I.ni va 1985-yilda vafot etgan marhuma onasi R.A.ni vafot etganligi bo`yicha dalolatnoma yozuvlari qayd etilmaganligi, hozirgi kunda marhuma onasi R.A.ning nomida turgan ko`chmas mulkni o`zining nomiga rasmiylashtirishda muammolarga duch kelayotganligini aytib murojaat qildi.
Tuman adliya bo`limi tomonidan murojaat atroflicha o`rganib chiqilib, fuqaro I.J.ning marhum ota-onalari o`lganligi to`g`risida FHDY organlarida dalolatnoma yozuvlari qayd etilmaganligi sababli, ushbu holatda O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining 295-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi “Yuridik ahamiyatga ega bo`lgan faktlarini belgilash haqidagi ishlar bo`yicha sud amaliyoti to`g`risida”gi 5-sonli qaroriga asosan fuqaro I.J. manfaatida vafot etganlik faktini belgilash yuzasidan fuqarolik ishlari bo`yicha Beruniy tumanlararo sudiga ariza kiritildi.
Tuman adliya bo`limining sudga kiritgan arizasiga asosan fuqarolik ishlari bo`yicha Beruniy tumanalararo sudi fuqaro I.J.ning marhum ota-onalarining vafot etganlik faktini belgilash yuzasidan hal qiluv qarorlari chiqarib berildi.


Beruniy tumani adliya bo`limi
bosh maslahatchisi,
3-darajali yurist Sh.Ismailov