Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

ADLIYA KO`MAGI BILAN HISOBGA OLINMAGAN MEHNAT STAJLARI INOBATGA OLINIB FUQAROGA PENSIYA TAYINLANDI


Inson qaysi mamlakatda, qanday sharoit yoki muhitda tug‘ilganidan qat’i nazar, ustuvor huquq va erkinliklarga ega bo‘ladi. Bu huquqlarni erkin amalga oshirish imkoniga hamma ham ega bo‘lmasligi mumkin. Lekin, baribir, ustuvor huquqlarni inkor etishga hech qanday asos yo‘q. Ular cheklanishi yoki unutilishi mumkin, ammo amalga oshishi aniq.
Beruniy tuman adliya bo`limi tomonidan muhtaram Prezidentimizning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan shiorlarini amalda qo‘llagan holda yoshga doir pensiyaga chiqishda ish stajlari hisobga olinmaganligi o`qibatida pensiya tayinlash rad qilinganligidan norozi bo`lib, tuman adliya bo`limiga murojaat qilgan fuqaro A.Sning murojaati amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq o`rganib chiqildi.
O`rganish davomida, fuqaro A.Sning hisobga olingan ish staji
6-yil, 9 oy, 12 kunni tashkil qilishi, uning mehnat daftarchasida qayd qilingan fermer xo`jaliklaridagi mehnat stajlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
4-maydagi PQ-5102-sonli qaroriga muvofiq mehnat staji va ish haqi tog`risidagi hujjatlar Pensiya jamg`armasi tomonidan YAMMT IDAKdan foydalangan holda elektron ma’lumotlar almashinuvida o`z tasdig`ini topmaganligi tufayli Buydjetdan tashqari pensiya jamg`armasi Beruniy tumani bo`limi tomonidan mehnat stajiga qo`shib hisoblanmaganligi aniqlandi.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 81-moddasiga asosan “Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir” deb, belgilangan.
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tog`risida”gi Qonunning 42-moddasiga asosan “Mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi
30-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida nizom” talablariga ko`ra, Budjetdan tashqari pensiya jamg`armasiga davlat ijtimoiy sug`urta badallari to`lab kelingan bo`lsa, yoshga doir pensiya olishga haqli bo`ladilar, basharti ish beruvchining aybi bilan (bo`yin tovlashi yoki to`lovga qobiliyatsizligi sababli)sug`urta badallari to`lanmagan bo`lsa-da, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 283-moddasida xodimlarning yoshga doir pensiyalarini va boshqa pensiyalarini olish huquqi kafolatnavaerishi ko`rsatib o`tilgan.
Yuqoridagilarga asosan bo`lim tomonidan fuqaro A.Sning manfaatida ma’muriy ishlari bo’yicha Nukus tumanlararo sudiga ariza kiritilib, sudning hal qiluv qarori bilan Buydjetdan tashqari pensiya jamg`armasi Beruniy tumani bo`limiga fuqaro A.Sning hisobga olinmagan mehnat stajlari inobatga olish va pensiya tayinlash yuzasidan majburiyat yuklatildi.

Beruniy tuman adliya bo`limi
yetakchi maslahatchisi Vahob Turaniyazov