Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

"Davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga amal qiling"


Ma'lumki, O‘zbekistonda «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan va mazkur qonun hozirgi kunda qonuniy kuchga ega.
Meni anchadan buyon qiziqtirayotgan mavzu bu — o‘zbek tili muammosi. Bizga ma'lumki, hozirgi vaqtda deyarli barcha viloyatlarda davlat muassasalari, korxona va tashkilotlarida ish yuritish o‘zbek tilida amalga oshiriladi. Men bu holatni viloyatlardan birida to‘rt yil mobaynida ishlab, guvohi bo‘ldim. Lekin Toshkent shahrida buning teskarisi. Biror-bir davlat tashkilotiga ishingiz tushadigan bo‘lsa — o‘zbek tilida murojaat qilsangiz ham sizga rus tilida javob qaytarishadi.
Yoki juda ko‘p holatlarda davlat idoralari so‘rovlarni rus tilida beradi. Qonun hujjatlari loyihalari ham rus tilida. Bu bilan millatchilik qilmoqchi yoki rus tilini bilmaslik kerak, degan fikrni ilgari surayotganim yo‘q. Inson qanchalik ko‘p tilni bilsa, o‘ziga shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Gap shundaki, viloyatlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan qonun hujjatlari loyihalari bo‘yicha beriladigan takliflar juda ham ko‘p. Lekin ular rus tilini bilmagani yoki yaxshi bilmagani tufayli o‘zlarining takliflarini bera olmaydilar yoki rus tilida bo‘lgan loyihani hattoki o‘qib ham chiqmaydilar.
«Kun.uz» saytida o‘zbek tili maqomi, uning jamiyatdagi roli haqida bir necha bor maqolalar nashr qilingan hamda sayt ushbu mavzuga befarq emasligini ko‘rsatib kelmoqda. Lekin mazkur mavzu bir necha bor muhokama qilinsa-da, biror-bir o‘zgarish kuzatilmayapti.
Mavzu o‘zbek tili haqida borar ekan, biz o‘z tilimizni hurmat qilmasak va himoya qilmasak, jar yoqasiga kelayotgan tilimiz tez orada jarga qulaydi. Keyin ortga yo‘l yo‘q. Bu holatdan chiqishning yagona yo‘li — keskin chora ko‘rishdir. To‘g‘ri, quyida ko‘rsatib o‘tayotgan holatlarim ko‘pchilikka umuman yoqmasligi mumkin. Lekin ushbu ish uddalansa, kelajak avlod bizdan faqat va faqat minnatdor bo‘ladi. Zero, O‘zbekistonimizda yashayotgan har bir fuqaro o‘zining o‘zbekistonlik ekanligidan faxrlanishi va o‘z davlatining tilini bilishi lozim.
Boshqa tillarni, jumladan rus, tojik, turkman, qozoq, ingliz, yapon va boshqa tillarni bilish emas, fuqarolarning yutug‘i sifatida qaralishi kerak (Hozirda Toshkent shahrida rus tilini bilmaslik esa kamchilik sifatida qaraladi va biror joyga ishga kirishga, davlat tashkilotlariga ham, juda katta to‘siq hisoblanadi).

Beruniy tumani adliya bo'limi
Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sh. Masharipov