Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

GENDER TENGLIGI


Bosh qomusimiz hisoblanmish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har ikkala jins egalarining tengligi kafolatlangan. Yurtimizda yil sayin yuqori lavozimlarda ishlovchi ayollar soni ortib bormoqda, bu borada 2019 yilning 2 sentyabr kuni Davlatimiz rahbari tomonidan Harakatlar strategiyasi doirasida bu borada muhim qadam bo‘ldi. Yaʼni O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunni imzolanib, gender tenglikni taʼminlash masalasiga davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Mazkur qonunga asosan ushbu sohadagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni taʼminlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, shuningdek davlat organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilishi belgilandi. Shuningdek, xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosati amalga oshirilishini taʼminlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar ko‘rilishi nazarda tutildi.
Aslida gender tenglik, yaʼni erkaklar va xotin-qizlar tengligi insonning asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu omil eng yuqori darajadagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyotning ham negizidir. Chunki mutaxassislarning fikricha, faqat erkaklardan iborat jamoaga nisbatan 50/50 foiz erkak va ayollardan iborat mehnat jamoalari, ayniqsa agar ular aqliy mehnat bilan band bo‘lsa, bir necha barobar yuqoriroq natija ko‘rsatar ekan. Qolaversa gender tenglik – bu mamlakatning demokratik taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi indikator. Demak, rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilish, yurtimizga tobora ko‘proq investitsiyalar jalb qilish uchun ham shu indikatorga yetarlicha ahamiyat berishimiz kerak.
Bu borada doimiy, ko‘lamdor va salmoqli natijalarga erishish uchun esa umumiy reja ko‘rinishidagi hujjat, oddiy til bilan aytganda, dasturul amal kerak. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda aynan shu hujjat – 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi.
Shu bilan bir qatorda, Strategiyada taʼkidlab o‘tilganidek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida mamlakatimizda “O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalari” qabul qilingan. Shu bilan birga, xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi ishtirokini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy, taʼlim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda eʼtiborni kuchaytirish talab etiladigan masalalar mavjud. Jumladan, xotin-qizlarning erkaklar bilan teng darajada davlat va jamiyat boshqaruviga oid dolzarb masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda ishtirokini kengaytirishni taʼminlash lozim.
Shu nuqtai nazardan, Gender tenglika erishish Strategiyasiga asosan, uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, gender tenglikka erishish bir qator ustuvor yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Davlat xizmatida, ijtimoiy-iqtisodiy, oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida, saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash shular jumlasidan. Shuningdek, strategiyada gender tenglikni taʼminlash tadbirlarini hisobga olgan holda davlat dasturlarini byudjetlashtirish va moliyalashtirish har ko‘zda tutilgan.
Gender strategiyasini amalga oshirishdan salmoqli natijalarga erishish kutilmoqda. Xususan, yuqori va quyi tizimdagi davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlash amaliyotini kengayadi. Gender nomutanosiblik mavjud bo‘lgan davlat organlarida vaqtinchalik kvotalash tizimini joriy qilish orqali xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi mutanosiblik taʼminlanadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan, ayniqsa qishloq joylaridagi oilalardagi xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning samaradorligini oshirish, shuningdek o‘zini o‘zi band qilishga erishiladi. Eng asosiysi – xotin-qizlarga nisbatan ish joylaridagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldi olinib, jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan shakllangan salbiy qarashlarga barham beriladi. Bu – kutilayotgan natijalarning bir qismi, xolos. Mazkur Strategiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi barcha hamkorlar va turli darajadagi masʼullarning faolligini talab qiladi. Belgilangan davrda Strategiya maqsadlariga erishish avvalo mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotini jadallashtirish, demakki xalq farovonligini yuksaltirishga, jamiyatdagi ko‘plab muammolarni hal qilishga, kundalik hayotimizning yana-da yaxshi tomonga o‘zgarishiga xizmat qiladi.

Ellikqal’a tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.Nurmaxashev