Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

2023-yil 1-yanvardan “E-qaror” elektron tizimidagi o'zgarishlar


2022-yil 21-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangi O’zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida PQ-447-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 8-bandiga asosan Davlat boshqaruvida ochiqlik darajasini yanada oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, raqamlashtirilgan davlat boshqaruvi modeliga o‘tish maqsadida 2023-yil 1-yanvardan boshlab, sinov tariqasida, Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi belgilangan edi. Ushbu qarorga asosan 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab sinov tariqasida Adliya vazirligining buyruqlari ham “E-qaror” tizimi orqali qabul qilish va e'lon qilib borish boshlandi.
Shuningdek, qarorga muvofiq Adliya vazirligi tizimidagi sinov natijalariga ko'ra 2023-yil 1-sentabrdan boshlab barcha Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e'lon qilishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilishi belgilandi.
Xulosa o'rnida ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarori tom ma'noda ijro hokimiyati organlarining ma'muriy hujjatlarini jamoatchilik uchun ochiq tarzda qabul qilinishi, ular faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini ta’minlashga xizmat qiladi.


To'rtko'l tuman adliya bo'limi
Yuridik xizmat ko'rsatish
markazi bosh yuriskonsulti I.Qurbanbayev