Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Turar jay olish uchun subsidiya kimlarga beriladi?


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi, 601-son “Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, Subsidiyalar faqatgina ariza beruvchining ro‘yxatdan o‘tgan hududi bo‘yicha beriladi.
So’zimiz boshida avvalo Subsidiya tushunchasiga ta’rif berib o’tadigan bo’lsak, Subsidiya bu – daromadi yuqori bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘dir.
Bunda qishloq joylarda birinchi 5 yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 foizlik punktdan oshgan qismiga, shaharlarda esa dastlabki badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun uy-joy qiymatining 10 foizi miqdorida mablag‘ to‘lanadi.
Toshkent shahrida birinchi 5 yil davomida kredit bo‘yicha foizlarni qoplash uchun 12 foizlik punktdan oshgan qismiga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.
Bu turdagi subsidiyalar faqatgina 18 yoshdan oshgan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga, og‘ir ijtimoiy holatdagi xotin-qizlarga, mamlakat ijtimoiy hayotida faol yoshlarga va shu toifadagi O‘zbekiston fuqarolariga ajratiladi.
Fuqaro mehnat migranti bo‘lsa, uning nomidan oila a’zolari ham ariza berishi mumkin.
Subsidiya ariza topshirgan har bir talabgorga berilavermaydi.
Subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida beriladi.
Daromadi yuqori bo‘lmagan oila deb esa quyidagilar e’tirof etiladi:
- Qishloqlarda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan (2 mln 466 ming so‘m) 6,9 baravarigacha (5 mln 671 ming 800 so‘mgacha);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming so‘m) 8 baravarigacha (6 mln 576 ming so‘mgacha);
- Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming so‘m) 9,2 baravarigacha (7 mln 562 ming 400 so‘mgacha) bo‘lgan oilalar.
Bunda mas’ul tashkilotlar vakillaridan shakllantirilgan maxsus komissiya tegishli mezonlar asosida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniy ekanini baholaydi.
Jumladan,
• ichki ishlar va moliya vazirligi,
• davlat soliq inspeksiyasi,
• bandlikka ko‘maklashish markazi,
• kadastr korxonasi,
• mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi,
• Yoshlar ittifoqi tuman kengashi,
• tuman (shahar) hokimliklari,
• ishtirok etuvchi tijorat banklari mas’ul davlat tashkilotlari etib belgilangan.
Baholashda talabgor va uning oilasi daromadi, turar-joy maqomi, ijtimoiy himoyaga muhtojligi, shuningdek, oilada nogironligi mavjud bo‘lgan shaxslar inobatga olinadi.
Yuqori ball to‘plagan arizachilarga subsidiya beriladi.
Eslatib o‘tamiz, subsidiya olish uchun arizani Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurib yoki my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuborishingiz mumkin.

Amudaryo tumani аdliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig’i v.v.b 1-darajali yurist Sh.Sh.Vaisniyazov