Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

“O‘ZIMIZ KELDIK” AKSIYASI DOIRASIDA...XIZMATINGIZDAMIZ


Davlat xizmatlari markazlari va Fuqarolik holatlari dalolatnomalari yozish bo‘limlarida aholi va fuqarolarga davlat xizmatini ko‘rsatishning o‘ziga yarasha zavqli va murosali tomonlari ko‘p. Aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida davlat xizmatchisining har bir fuqaro bilan muloqotga kirishishi uchun kamiga 5 daqiqa vaqti ketadi. FHDY tizimida esa undan ham ko‘proq vaqt talab etilishi mumkin, albatta vaziyatga qarab... Chunki, murojaatchi turli ruhiy holatda kelishi mumkin. Demak, bugungi zamon xodimlar uchun muomala madaniyati va kasb etikasiga, eng asosiysi, tizim uchun qabul qilingan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning 8 tamoyiliga amal qilib, inson ruhiyatiga, qalbiga yo‘l topish muhim.
Savol tug‘iladi: “Nima uchun biz xizmat ko‘rsatishda elektron tizimdan foydalanish usulini ma’qul ko‘ryapmiz?”. Sababi, bu tizimda xodim korrupsiyaga aralashdimi yoki fuqaroga qo‘pol muomalada bo‘ldimi jazosiz qolmaydi, chunki soha go‘yo sanitar... O‘zini o‘zi tozalab boraveradi, chunki elektron tizimdagi shaffoflik davlat xizmatchisining har bir harakatini oynadek ko‘rsatib turadi. Qolaversa, hozir fuqarolarimiz ham ancha huquqiy savodxon. Xizmat sifati yoki muomala madaniyati yoqmadimi, zudlik bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali vaziyatga jamoatchilik e’tiborini tortadi.
Tumanimizda Davlat xizmatlari markazi, jumladan tuman FHDY bo‘limi ham yangi, zamonaviy binoda aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Har ikki binoda ham davlat xizmatlarini sifatli darajada ko‘satish imkoniyatlari bor. Davlat xizmatlari markazi odamlar ko‘p kiradigan manzil bo‘lishiga qaramay, tozalik va ozodalikka e’tibor alohida. Xizmat ko‘rsatish sifatini esa ko‘rsatkichlar namoyon etadi. Bo‘limimizda bugungacha 65 tadan ortiq sayyor xizmatlar ko‘rsatilgan.
Biz bugungi kunga kelib Davlat xizmatlari agentligi tashabbusi bilan, “O‘zimiz keldik” loyihasi doirasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari, jumladan, FHDY sohasiga oid xizmatlar sayyor tartibda ko‘rsatish metodini qo‘llayapmiz. Bu odamlarimizga qulay, ular qiynalishmaydi. Fuqaro idorama-idora yurmaydi. Aksincha davlat x’itzmatchisi uning huzuriga boradi. Uyma-uy yurish jarayonida yuridik xizmat ko‘rsatish markazidagi mutaxasislarimiz ularga xizmatlarimiz qulayliklarini, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini tushuntirishadi, shu asnoda murojaatlar tinglanib, zarur amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Tuman markazidaku muammo yo‘q. Sababi masofa olis emas, xarajat ham talab qilinmaydi. Ammo olis qishloqlardachi? Buning ham yo‘li bor. Mamlakatimizda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kekrak” degan tamoyilga asosan, ular uchun yo‘l uzoqligi bois «O‘zimiz keldik» aksiyasi bilan tashrif buyuramiz.
Tashrifimiz davomida ko‘p g‘aroyib voqealarga duchor bo‘lamiz. Taqdirning turli tashvishlari bilan bo‘lib, ikki yo uch farzandli bo‘lgan er-xotinlarga nikoh qayd qilinganligi to‘g‘risidagi Guvohnoma yoxud xizmat mashinamizda 63 yoshdagi otaxonga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini berishning ham o‘z gashti bor.
Tumanimizning eng chekka qishloqlarida belgilangan grafik asosida aholi uchun ommaviy sayyor qabullarda biz-FHDY bo‘limi xodimlari fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqamiz. Imkon qadar murojaatlarni joyida hal etishga harakat qilamiz.
Xulosa qilib aytganda, odamlar “O‘zimiz keldik” aksiyasi doirasidagi davlat xizmatlaridan qanoat hosil qilishyapti. Demak, odamlarimizning tizim xizmatiga bo‘lgan ehtiyoji sabab onlayn xizmat olishga befarq emas.

Beruniy tumani FHDY bo’limi 2-darajali inspektori D.Kurbanova