Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi


So‘nggi yillarda korrupsiya deya atalmish illatga qarshi kurashish tobora avj olgandek go‘yo. Lekin bu holat oldingi davrda ham keng ko‘lamlarda olib borilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun, uning qanday sabablar orqali kelib chiqishi va qarshi kurash choralarini bilib olish zarur.
Qonunchilikda mazkur tushunchaga shunday ta’rif berilgan: “Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir”.
Kengroq ma’noda qaraydigan bo‘lsak, korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va ahloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foyda olishini tushunish lozim.
Mashhur iqtisodchi Berdhenning mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatgichiga eng salbiy ta’sir o‘tkazuvchi omil sifatida korrupsiyani birinchi o‘ringa qo‘yadi.
Korrupsiyaning kelib chiqishi sabablarida ko‘pchilik tadqiqotchilar 4 omilni yakdillik bilan izohlab berishgan.
1.    Iqtisodiy omillar.  Korrupsiyaning bu ko‘rinishi ijtimoiy va iqtisodiy hayotni bevosita ma’muriy yo‘l bilan boshqarishga intilgan hokimiyat va byurokratiyaning mavqei baland bo‘lgan davlat sharoitida rivoj topadi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan o‘rnatilgan turli xildagi cheklashlar, amaldorlarning keng, nazoratdan xoli, cheklanmagan yoki ruxsat berish, yoki taqiqlash vakolati korrupsiyaga zamin yaratadi. Lobbizmning kelib chiqishida asosiy rol o‘ynaydi. (Lobbizm – davlat idoralari, qonunchilik, ijroiya, sud hokimiyatining mintaqalar iqtisodiyoti ayrim tarmoq va sohalarini, korxonalar va ijtimoiy guruhlarni ob’ektiv zarurat taqozosi bilan emas, balki ma’lum bir manfaatlarni ko‘zlab, ba’zan mansabdor shaxslarni sotib olish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyat).
2.    Huquqiy omillar. Korrupsiyaning rivojlanishi uchun qonunlar “zaif” bo‘lmog‘i zarurdir. Mukammal bo‘lmagan qonunlar ishlamaydi va ayrim “uddaburonlar” bundan ustalik bilan foydalanadilar.
3.    Institutsional sabablar. Bunda avvalo davlat hokimiyati boshqaruvidagi nuqson va kamchiliklar sabab bo‘lib xizmat qiladi. Demokratik institutlarning zaifligi, hukumat faoliyatining yopiqligi yoki jamiyat nazoratidan holiligi ushbu bandga kiradi.
4.    Ijtimoiy sabablar. Jamiyatdagi muhit, aholining huquqiy savodxonligi darajasi pastligi, madaniy salohiyati va uyushqoqlik darajasi uncha yuqori emas muhit korrupsiyaning rivoj topishida o‘z hissasini qo‘shadi.
Korrupsiyaviy omillarni ana shu hodisa yashab turgan jamiyatning o‘zi yaratgan nosog‘lom muhitida namoyon bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan omillar bilan kurashishda eng birinchi navbatda aholining huquqiy bilimi va madaniyatini oshirish sezilarli darajada rol o‘ynaydi. O‘z navbatida huquqiy savodxonlik jamiyatning muhitini sog‘lomlashtiribgina qolmasdan, fuqarolik nazorati, demokratik institutlarini kuchaytiradi va huquqiy ijodkorlikda aholining ishtirokini oshirib, iqtisodning o‘sishiga olib kelishi kuzatiladi.
Shu sababli ham Adliya vazirligi va unga kiruvchi tizim xodimlari huquqiy targ‘ibot va tashviqot tadbirlariga alohida e’tibor qaratib kelishadi.
Bundan tashqari fuqarolar adliya vazirligi korrupsiya holatiga duch kelsalar alohida telefon holati yaratilgan bo‘lib, necha yillardan buyon samarali faoliyat olib bormoqda.
Shu bilan bir qatorda vazirlik tizimida aholining korrupsiyaga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishni, u bilan ayovsiz kurash olib borishni ustuvor vazifalardan biri sifatida qarash shakllangan.    

Nukus shahar аdliya bo‘limi
Yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Komiljon AVEZOV