Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi 597-son qarorining 1 ilovasiga asos Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — mustaqil ravishda so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi. Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchilar YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi 1 ta tashkilotdagi ishga kirgan va ishdan bo‘shaganligi bo‘yicha yozuvlarni tasdiqlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 barobari miqdorida yig‘im undiriladi.
Bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov summasi qaytarilmaydi.
Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda tegishli davlat arxiviga elektron shaklda yuboriladi.
So‘rovnomada so‘ralayotgan tashkilotlar hujjatlari tegishli davlat arxivida mavjud bo‘lmaganda, so‘rovnomani qabul qilgan davlat arxivi bir ish kuni mobaynida tegishli ma’lumot saqlanayotgan davlat arxivini aniqlaydi (tashkilotlar hujjatlari boshqa arxivda mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno) va so‘rovnomani tegishliligi bo‘yicha davlat arxivlariga yuboradi.
Tegishli davlat arxivi so‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli (matrik shtrixli kod) ma’lumotnomani shakllantiradi hamda (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda ariza beruvchiga yuboradi. Bunda to‘langan yig‘im, agar mavjud bo‘lsa, bank xizmati to‘lovini ayirgan holda, so‘rovnomani qabul qilgan arxivdan so‘rovnomani bajargan arxivga o‘tkaziladi.
So‘rovnoma arxiv hujjatlari asosida ko‘rib chiqilib, tegishli ma’lumot aniqlanmagan taqdirda, to‘langan yig‘im miqdori ariza beruvchiga qaytarilmaydi.
Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda, uning so‘roviga ko‘ra davlat xizmatlari markazi unga ma’lumotnomani elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.


Xo’jayli tumani аdliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi
direktori J.Sabirov