Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Markaz faoliyatining samaradorligi bo'yicha


Ma'lumki, mamlakatimizdagi davlat organlari va tashkilotlari, ayniqsa ularning quyi bo’g’inlariga malakali va sifatli yuridik xizmat ko'rsatish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyun kuni “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5168-son qarori qabul qilingan edi.
Ushbu qarorning 4-ilovasi bilan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari to'g'risida Nizom tasdiqlandi.
Ushbu qaror bilan, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab, quyidagi 12 ta tashkilotlarga yuridik xizmat ko'rsatish belgilandi.
Shu bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-mart kungi “Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” gi 173-son qarori ham qabul etildi.
Ushbu qarorga ko'ra, 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan Respublikaning barcha tuman va shaharlari kabi tumanimizda ham yuridik xizmat bilan ta'minlanmagan qo`shimcha 10ta davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatilishi belgilandi.
Bugungi kunda, To'rtko'l tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tumanimizdagi byudjetdan moliyalashtiriladigan 120 dan ortiq davlat organlari va tashkilotlariga sifatli va puhta yuridik xizmat ko'rsatilib kelinmoqda.
O'tgan davr mobaynida, Yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan yuridik xizmat ko'rsatilayotgan tashkilotlar tomonildan ishlab chiqilgan 20 347 ta yuridik tusga ega hujjatlar huquqiy ekspertizadan o'tkazildi.
Shulardan, 15 810 tasi ichki idoraviy buyruqlar, 4537 ta xo'jalik va mehnat shartnomalari tashkil qiladi.
O'tkazilgan huquqiy ekspertiza natijasida, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan 19 507 ta hujjatlarga ijobiy va 495 ta hujjatlarga qonunchilikka nomuvofiq ishlab chiqarilganligi sababli salbiy xulosalar berilib qonunbuzilish holatlari oldi olinishiga erishildi.
Shuningdek, xisobot davrida markaz xodimlari tomonidan aholining va yuridik xizmat ko'rsatilayotgan tashkilot xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida, jami 422ta huquqiy targ`ibot tadbirlari o`tkazildi.
Shulardan, 212 tasi og`zaki, 91 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, 119 tasi zamonaviy axborot texnologiya vositalari orqali amalga oshirildi.
Bundan tashqari, Markaz xodimlari tomonidan yuridik xizmat ko'rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to'g'risida 14 ta takliflar kiritildi.
O'tgan davr mobaynida Markaz xodimlari tomonidan xizmat ko'rsatilayotgan davlat organlari va tashkilotlarida huquqni qo'llash amaliyoti bo'yicha 4 ta yo'nalishli o'rganish o'tkazildi va adliya bo'limiga 4 ta xabarnoma kiritildi.
O'z navbatida, tuman adliya bo'limi tomonidan yuridik xizmat ko'rsatilayotgan tashkilotlarga 80 ta huquqiy ta'sir choralari kiritildi.
Shulardan, 7 ta taqdimnoma, 1 ta ogohnoma hamda sudlarga 69 ta da'vo ishlari.
Ko'rilgan ta'sir choralari natijdasida, 3 ta holat yuzasidan ma'muriy taklif, 1 ta holatda intizomiy javobgarlik va 1 ta holat bo'yicha xayfsan jazosi, shuningdek 3 ta holatda esa, mas’ullar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, tuman adliya bo'limi tomonidan 571.918.585 so'm pul moblag'lari xodimlarga qayta undirilib to'lab berish choralari ko'rildi.
Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, o'tgan davr mobaynida Markaz tomonidan tumandagi yuridik xizmat ko'rsatish belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga puxta va sifatli yuridik xizmat ko'rsatish to'liq ta'minlandi desak aslo xato bo'lmaydi.

To'rtko'l tuman adliya bo'limi
Yuridik xizmat ko'rsatish
markazi boshig'i B.Avazmetov