Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas


O‘tgan davrda keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yaxshilash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, sohaga oid 10 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi, nuroniylarning ijtimoiy faolliklarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Faxriy murabbiy” ordeni va “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Keksalar uchun 152 ta tuman va shaharda “Nuroniylar maskani” majmualari tashkil etildi, barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni to‘liq miqdorda to‘lash yo‘lga qo‘yildi, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda nuroniylar jamoatchilik kengashlari, mahallalarda “Keksalar maslahati” guruhlari tashkil etildi, “Keksalar haftaligi” va “Keksalar uchun turizm oyligi”ni o‘tkazish an’anaga aylandi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish maqsadida: Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi unga yuklatilgan asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mahallalarda nuroniy va keksalar bilan ishlarni takomillashtirish yo‘nalishida quyidagi tadbirlarni amalga oshirildi: mahallalarda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash; vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, korxona va tashkilotlardagi “Faxriylar kengashlari”, fuqarolar yig‘inlaridagi “Keksalar maslahati” guruhlarining faoliyatini muvofiqlashtirish; mehnat faxriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishdagi ishtirokini kengaytirish; “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksalar va nuroniylar holidan doimiy xabar olish tizimini tashkil qilish hamda ijtimoiy himoya dasturlari doirasida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash; keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Nuroniylar maskani” majmualarida va mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;fuqarolar yig‘inlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi Yoshlar ishlari agentligi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida mahallalarda hayotiy va katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborli nuroniylar va ziyolilarni ishsiz, tarbiyasi og‘ir va muammoli yoshlarga biriktirish orqali ularni jamiyat uchun foydali insonlar bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish dasturlarini ishlab chiqildi. mahallalardagi yoshlarning tarbiyasi va axloqida bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlardan kelib chiqib nuroniy va ziyolilar O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib borilmoqda.Fuqarolar yig‘inlari tomonidan nuroniylar tashabbusi va tajribasidan keng foydalangan holda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha mahallalarning dasturlari qabul qilinishi ta’minlandi Fuqarolar yig‘inlarida “Keksalar maslahati” guruhlarining jamoatchilik nazorati yo‘nalishidagi faoliyati tashkil etildi.
Mahallalarda aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar, maktablarda o‘quvchilarning darslarni o‘zlashtirishi, davomati, bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan fuqarolarni ish bilan ta’minlash darajasi va boshqa davlat xizmatlarining ko‘rsatilishi bo‘yicha nuroniylarning jamoatchilik nazorati o‘rnatilmoqda. Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish tartibini taqiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Ellikqal’a tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti: Fazliddin Jumaniyazov