Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Yuridik xizmat ko’rsatish markazining inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyati bo’yicha…


Hammamizga ma’lum O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 5168-sonli qaroriga asosan mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatish maqsadida 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab barcha tuman va shaharlarda Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari tashkil qilindi. Yuqoridagi qarorga asosan barcha davlat organlari va tashkilotlarida huquqni bir xil qo’llash amaliyoti joriy qilindi.
Xususan inson huquqlarini ta’minlash bo’yicha markaz tashkil qilinganidan buyon shu kungacha 26 829 ta hujjat huquqiy ekspertizadan o’tkazilgan bo’lib shundan 14 ta holatda tashkilot xodimlarining qonunga zid ravishda mehnat shartnomalari bekor qilinishining, 3 ta holatda tashkilot xodimlariga qonunga zid ravishda intizomiy jazo choralari qo’llanilishining oldi olindi, bundan tashqari davlat organlari tomonidan tashkilot xodimlariga dam olish va bayram kunlari yig‘ilishlarni o‘tkazish amaliyotini bekor qilish, aholi bilan bevosita ishlovchi xodimlarni yig‘ilishlarga taklif qilish va ularga xos bo‘lmagan vazifalarni yuklash yoki tashqi ishlarga jalb etishni (xizmat ko‘rsatish maqsadlaridan tashqari) taqiqlash choralarini ko’rilmoqda.
Shuningdek o’tgan davr mobaynida tashkilot manfatlarini ko’zlab 26 ta holatda talabnoma, sudlarga 7 ta holatda davo arizalari kiritilib 1 004 566 353 so’m miqdorida qarzdorlik undirilishiga erishildi va buning natijasida tashkilotlar xo’jalik hisobidan moliyalashtiriladigan xodimlarning ish haqi, mukofootlari o’z vaqtida to’lab berilishi ta’minladi. Markazlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo’lgan davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida muntazam ravishda huquqiy savodxonlik ishlari amalga oshirib kelinmoqda va buning natijasida tashkilot xodimlari murojaat qilish bo’yicha ko’nikmalara ega bo’lmoqda.
Prezident qaroriga asosan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga Markazlar tomonidan bepul yuridik xizmat ko‘rsatilib, jumladan 2 ta holatda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning murojaatlariga huquqiy tushinchalar berildi hamda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar holidan muntazam ravishda joylarga chiqqan holda xabar olib kelinmoqda.
Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak Markazlar bugungi kunda inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyati bo’yicha salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Amudaryo tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti: S.D.Sultanov