Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

“2023-yil uchun O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti to’g’risida”gi Qonunining mazmuni va ahamiyati


O‘zbekiston Respublikasining 30.12.2022 yildagi Qonuning maqsadi 2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat hisoblanadi. Mazkur qonunni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 2023 yilgi davlat budjetini 3 soatdan kam vaqt ichida (3 o‘qishda) muhokama qilib, tasdiqlangandi. Hujjat deyarli bir ovozdan, tanqidlarsiz qabul qilingandi.
Senatning 36-yalpi majlisida «2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonun ko‘rib chiqildi va mazkur qonun bilan 2023 yil uchun respublika konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2024−2025 yillar uchun budjet mo‘ljallari belgilandi.
Ushbu qonunda xalqaro munosobatlarga ham e’tibor qaratilib, jumladan, 2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSh dollari, shundan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun — 2,0 mlrd AQSh dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun — 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilanishi nazarda tutilgan.
2023-yilda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida 2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari obyektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash va jihozlashga, shuningdek sug‘oriladigan yerlarining meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash hamda ta’mirlash-tiklash ishlariga doir xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi, hududlardagi barcha issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy organlarining xulosalariga ko‘ra, tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan ma’qullanganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanishi nazarda tutilgan.
Shu bilan birgalikda, issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) yil davomida qayta ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar aholiga pasaytirilgan tariflar qo‘llanilishi natijasida ko‘rgan zararlarining o‘rnini qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘larga bo‘lgan talab Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanishi ham ko’rsatilgan.
Shu o’rinda xulosa qilishimiz mumkinki, ushbu qonunda asosiy e’tibor ijtimoiy yo’nalishga, ta’lim tizimiga qaratilgani bu orqali esa farovon kelajagimiz uchun tashlangan yana bir yirik qadam desak aslo adashmagan bo’lamiz.


Beruniy tumani аdliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti M.Xaytbayev