Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Konstitutsiyaviy islohotlar


Bosh maqsadimiz har bitta yurtdoshimiz ushbu hujjatni mening Konstitutsiyam deb faxrlanadigan mukammal darajada ishlab chiqishdir.Konstitutsiyamiz xorijiy ilgʻor tajriba hamda xalqaro standart va talablarga har tomonlama mos keladi.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasi mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuqlarimizning mustahkam huquqiy poydevori.Konstitutsiyaviy islohotlar oddiy aholiga, xalqimiz farovonligini taʼminlash, davlatimiz taraqqiyotiga nima beradi?
Bu savollarning barchasiga javobni tejamkor ishlangan huquqiy meʼyorlar orqali Konstitutsiyamizda aks ettirish — davr taqozosidir. Yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozim.
Yangi Oʻzbekiston uchun inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan ustundir. Shu bois inson qadrini yuksaltirish haqiqatda davlat hokimiyat organlarining Konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi boʻlmogʻi shart.
Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda ushbu tamoyillar aniq ifoda etilishi, oʻzining mukammal huquqiy yechimini topishi zarur.
Konstitutsiyada fuqarolarimizning erkin harakatlanishiga oid meʼyorlar toʻliq yozilmagan. Bironta demokratik mamlakatda fuqaroning huquqini cheklaydigan bunday qoʻyida yoq. Kelgusida bunday toʻsiqlarni tizimli hal etish uchun har bitta Oʻzbekiston fuqarosi mamlakat boylab erkin harakatlanishi, turar yoki yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega bolishi shart.
Har bitta fuqaroga mamlakatdan toʻsiqlarsiz chiqish va qaytish huquqi kafolatlanishi lozim. Ana shu muhim meʼyorlarni Konstitutsiyamizda qatʼiy belgilab quyish lozim.
Shuningdek, shaxsiy hayot daxlsizligi va uning kafolatlari aynan Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi kerak. Shundagina fuqarolarimizning tinch va xotirjam yashashi, davlatga va qonunlarga ishonchi,erkin harakat qilishini kafolatli taʼminlangan boʻladi.
Maʼlumki, ijtimoiy davlat har bitta inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitlarini yaratib beradi. U — ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish boyicha siyosat olib boradigan davlat modelidir.
Ijtimoiy davlat muhtojlarga uy-joy, yashash uchun zarur boʻlgan isteʼmol tovarlarining eng kam miqdori belgilab qoʻyilishini nazarda tutadi. U shaxs va uning oilasi munosib hayot kechirishi uchun etadigan ish haqi, bandlikni taʼminlash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, kambagʻallikni qisqartirishni talab qiladi. Shu bilan birga, ichsizlikdan himoyalanish, kafolatlangan sifatli taʼlim, malakali tibbiy yordam, barcha uchun teng imkoniyatlar, oilalar, boʻlarlar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qollab-quvvatlash ham ijtimoiy davlatning asosiy vazifasidir. Shular qatorida yashash uchun zarur resurslar — ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi, transport va boshqa qulayliklar bilan taʼminlanish, majburiy mehnatga taqiq quyish ham ijtimoiy davlatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bitta soʻz bilan aytganda, ijtimoiy davlatda hech kim eʼtibordan chetda boʻlmaydi, oʻz muammolari bilan yolgʻiz tashlab qoʻyilmaydi.
Konstitutsiyamizda fuqarolarimizning uy-joyga boʻlgan huquqlarini himoya qilish, uning daxlsizligini kafolatlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, muhtoj toifalarni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha davlatning majburiyatlarini mustahkamlash zarur. Sudning qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerak. Imorati buzilishga tushadigan boʻlsa, buning uchun buzishdan oldin uning qiymatiga mos ravishda kompensatsiya toʻlanishi shart. Uy-joyga yoki shaxsning boshqa mol-mulkiga uning ruxsatisiz kirish, koʻzdan kechirish va tintuv oʻtkazishga faqat qonunda belgilangan holatlarda yol qoʻyilishi Konstitutsiyada qatʼiy belgilanishi darkor.
Bosh Qomusimizda xususiy mulk himoyasini taʼminlash uchun zarur boʻlgan Konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirishimiz lozim. Toki, har bitta tadbirkor doimo davlat, Konstitutsiya qonunlar hamda Prezident himoyasida ekanini amalda his etsin. Rivojlangan davlatlardagi kabi shunday tartib oʻrnatilishi lozimki, mulkdor sud qarorisiz, oʻzining roziligisiz, adolatli tovon pulisiz mulkidan mahrum etilmasligi shart.
Davlat xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini hamda sharoitlarni taʼminlashi,erkin va halol raqobatning himoya qilinishi, iqtisodiy faoliyatda monopollashtirishga yol qoyilmasligini kafolatlashi lozim. Shu bilan birga, Asosiy Qomusimizda er xususiy mulk bolishi mumkinligi aniq belgilanishi lozim.
Qishloq xoʻjaligi erlari va oʻrmonlar davlat tasarrufida boʻlib, tadbirkorlik subyektlariga ijara shartnomasi asosida beriladi, degan mazmundagi meʼyor ham Konstitutsiyamizda aks etishi albatta oʻrinli boʻlar edilar.
Har qanday inson uchun muhim va muqaddas qadriyat — bu uning oilasidir. Sogʻlom va mustahkam oila — davlat tayanchi va siyosating asosiy boʻgʻinidir. Biz oilani hayot davomiyligini taʼminlaydigan, milliy madaniyat, urf-odat va oʻzligimizni saqlaydigan, barkamol avlodni shakllantiradigan maskan sifatida eʼzozlaymiz. Kattaga — hurmat, kichikka — izzat,odamiylik, mehr-oqibat, ona Vatanga sevgi va sadoqat kabi oliyjanob fazilatlar avvalo oilada qaror topadi.
Bugungi globallashuv davrida oila institutini har tomonlama himoya qilish, qollab-quvvatlash va mustahkamlash uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish zarurati tobora kuchaymoqda. Shuningdek, Konstitutsiyamizga “Oʻta-onalar oʻz farzandlari voyaga etguniga qadar ularning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʻligʻi, toʻlaqonli va barkamol rivojlanishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish huquqiga ega va bunga majburdir”, degan qoidani kiritish lozim.
Xalqimizning muruvvat, bagʻri kenglik, yordamga muhtojlarga begʻaraz koʻmak berish, imkoniyati cheklangan insonlarga teng imkoniyatlar yaratish, mehr-oqibat va saxovat kabi fazilatlari milliy gʻoyamizning asosini tashkil etadi. Parlamentimizda “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun, qabul qilindi, shuningdek, Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilinib, bu borada mustahkam huquqiy baza yaratildi. Endi nogironligi boʻlgan insonlar — jamiyatning toʻlaqonli aʼzolari, degan tamoyil negizida ularning Konstitutsiyaviy huquq va kafolatlarini belgilab qoʻyish insoniy burchimizdir. Jumladan, “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har qanday shaklda ajratib qoʻyish, ularning huquqlarini cheklash, obyektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan bosh tortish taqiqlanadi.Alohida eʼtiborga muhtoj boʻlgan bolalar uchun taʼlim muassasalarida inklyuziv taʼlim tashkil etiladi”, degan qoidalarni kiritish taklif qilindi.
Insonning mehnatga va munosib hayot sharoitlariga, ishsizlikdan himoyalanishga boʻlgan huquqlarining ishonchli himoyasini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish — Konstitutsiyaviy islohotlarning muhim maqsadidir. Inson salomatligi — jamiyatning eng katta boʻyligidir.
Hayotiy tajriba shuni koʻrsatadiki, faqat sogʻlom xalq va millatgina buyuk ishlarga qodir boʻladi. Biz uchun inson salomatligi — millat hayotining davomiyligini taʼminlash, uning genofondini saqlash, barqaror milliy strategiyamizning muhim tarkibiy qismidir. Bu maqsadlarga erishish uchun, menimcha, Konstitutsiyamizda belgilangan “Har bitta inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”, degan umumiy meʼyor yetarli emas. Bu moddani kengaytirib, toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllanadigan meʼyorlar bilan boyitish shart.
Navbatdagi masala — insonning kamol topishi, farovon hayot kechirishida qulay va xavfsiz atrof-muhit, ekologiyaning ahamiyati beqiyos ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz. Tabiatdagi global iqlim oʻzgarishlari, Orol dengizining qoʻrishi bilan bogʻliq vaziyatning tobora keskin tus olayotgani ekologik xavfsizlikni gʻoyat dolzarb masalaga aylantirdi. Shu bois Konstitutsiyamizda ushbu yoʻnalishga doir ekologik-huquqiy meʼyorlar oʻz ifodasini topishi lozim.
Davlatning erkaklar va ayollar, oilalar va bolalar, yoshlar va nuroniylar, nogironligi bor shaxslar, mamlakatda yoki uning tashqarisida bolishidan qatʼiy nazar, barcha insonlar haqida qayǵurishi Konstitutsiyada mustahkamlanishi zarur.
Bosh qomusimizda davlat maktabgacha taʼlim, maktab va taʼlim tizimini, turli mulk shaklidagi, jumladan, xususiy taʼlim muassasalarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratib berishi bilan bogʻliq meʼyorlar ham bolishi lozim.
Mahallalarning davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi, joylardagi mahalliy ahamiyatga molik masalalarni mustaqil hal etish boʻyicha vakolatlari alohida belgilanishi zarur. Buning uchun esa davlat organlarining mahallalar faoliyatiga har tomonlama koʻmak koʻrsatish boʻyicha majburiyatlari mustahkamlanishi kerak.
Konstitutsiyamizda fuqarolik jamiyati institutlari — mahallalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalari, jamgʻarmalar va boshqa jamoat birlashmalarining oʻrni va maqomini yanada mustahkamlash lozim.
Huquqiy davlat — insoniyatning ming yillar mobaynidagi mashaqqatli mehnati evaziga shakllangan taraqqiyot gʻoyasi va buyuk kashfiyotidir. Faqat huquqiy davlat sharoitidagina insonning hayoti, shaʼni, qadr-qimmatini toliq taʼminlash, tom maʼnoda xalqparvar boshqaruv tizimini shakllantirish mumkin. Huquqiy davlat — demokratik tamoyillar asosida qabul qilingan qonunlar oldida barcha teng va hisobdor boʻlgan, hech kim qonunlardan ustun turmaydigan davlatdir.
Prezidentimiz tomonidan “Oʻzbekiston — huquqiy davlat” degan gʻoyani Konstitutsiyamizda aniq mustahkamlab qoʻyishni taklif qildi. Bu shuni anglatadiki, davlat, uning organlari va mansabdor shaxslari xalq uchun ishlaydi, unga xizmat qiladi. Davlat hokimiyati ustidan xalq nazorati oʻrnatiladi. Oliy Majlisning parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha vakolatlarining Konstitutsiyaviy asoslarini kuchaytirish boʻyicha ichlarni davom ettirish kerak. Shu maqsadda Prezidentning ayrim vakolatlarini Oliy Majlisga oʻtkazish taklif qilindi. Misol uchun, Hisob Palatasi raisini lavozimga tayinlash va ozod qilish vakolatini Senatga oʻtkazish maqsadga muvofiq. Bu orqali Hisob Palatasi Davlat byudjeti shakllanishi va ijrosini taʼminlashda parlament nazoratining muhim vositasiga aylanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini isloh qilishdagi muhim masala — bu joylarda hokimlar va mahalliy kengashlar vakolatini ajratishdir. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida mahalliy kengashlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari kengaydi. Shundan kelib chiqib, hokimlar bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash vaqti keldi.
Bu islohotning joriy etilishi hokimiyat vakolatlarini boʻlinish prinsipini mahalliy darajada tatbiq etishga, mahalliy kengashlar faoliyatini samaradorligini, hokimlarning xalq vakillari oldidagi masʼuliyatini oshirishga olib keladi. Hududlarda xalq manfaatlarini toliq taʼminlashga, hokimliklar faoliyati ustidan kengashlar va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish maqsadida qonunchilik tashabbusi huquqi institutini isloh qilishni maqsadga muvofiq, deb hisoblab, Prezidentimiz tomonidan Konstitutsiyaga qonunchilik takliflarini kiritish institutini joriy etish taklif qilindi. Mazkur institut doirasida 100 ming kishidan kam boʻlmagan miqdordagi fuqarolar oʻz qonunchilik takliflarini Oliy Majlis Qonunchilik Palatasiga kiritish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shu asosda endi xalq bevosita qonunchilik ijodkori sifatida tashabbus koʻrsatish huquqini qoʻlga kiritadi. Mazkur yangi qonunchilik takliflarini kiritish institutini Oliy Majlis Senati, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasiga ham berish vaqti keldi. Bunda tashabbuslar qonunchilik loyihasi shaklida emas, balki takliflar koʻrinishida kiritiladi.
Ijro hokimiyati organlarining Konstitutsiyaviy javobgarlik sohalarini, vakolatlarini kengaytirish bilan bittaga, ularning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini kuchaytirish ham talab etiladi.
Shu munosabat bilan Prezidentimiz Hukumat vakolatlarini kengaytirishni taklif qildi. Xususan, Konstitutsiyada Vazirlar Mahkamasi va hokimliklarning ekologiya,yoshlar siyosatini amalga oshirish, oilani qollab-quvvatlash, mustahkamlash va himoya qilish, nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish, qulay jamoat transportini rivojlantirish, aholining dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratish, fuqarolik jamiyati institutlarini qollab-quvvatlash boʻyicha masʼuliyatini belgilash lozim. Fuqarolarning tinch,erkin va farovon yashashi Hukumat va mahalliy ijro organlari faoliyatining bosh mezoniga aylanishi zarur.
Yangi Oʻzbekistonda Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari dadil qadam tashlayotgan ekanmiz, barcha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari shuni chuqur anglab olishi kerak.
Konstitutsiyaviy sud mazkur sud, boshqa sudlardan farqli oʻlaroq, faqat Konstitutsiyaga boʻysunadi hamda Asosiy Qomusimizning ustunligi prinsipini taʼminlaydi. Bunda Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyat chiqargan hujjatlarda, inson huquq va erkinliklari ustuvorligiga oid Konstitutsiyaviy tamoyil hamda Konstitutsiya meʼyorlariga amal qilinishiga eʼtibor qaratadi. Shu munosabat bilan Konstitutsiyaviy sud ishini tubdan oʻzgartirish, uning vakolatlarini aniqlashtirish hamda hisobdorligini oshirish lozim.
Shuningdek, Konstitutsiyamizda fuqarolar va yuridik shaxslarning muayyan ishda sud tomonidan ularga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Konstitutsiyaga mosligini tekshirish haqidagi shikoyatlarini koʻrib chiqishni Konstitutsiyaviy sudning vakolatida aks ettirish maqsadga muvofiq.
Barcha ezgu maqsadlarimizning amalga oshishi millatlar va dinlararo hamjihatlikka, yurtimiz tinchligi hamda xavfsizligiga bogʻliq. Mamlakatimizda olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat ushbu vazifalar yechimiga qaratilgan. Oʻtgan davrda biz jahonning koʻplab davlatlari bilan, xususan, mintaqadagi barcha mamlakatlar bilan hamkorlikni yaxshiladi, yaqin qoʻshnichilik va doʻstlik muhitini mustahkamladi. Shundan kelib chiqib, Prezidentimiz Asosiy Qomusimizga Oʻzbekiston barcha davlatlar, eng avvalo, oʻzining yaqin qoʻshnilari bilan tinchlikparvar va doʻstona siyosat yuritishi, uning tashqi siyosati inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning hududiy yaxlitligiga oid tamoyil va meʼyorlarga asoslanishi haqidagi moddani qolishni taklif qildi.
Endi oldimizda bu ishlarning ikkinchi bosqichi, yaʼni ona shu takliflarni xalqimiz, jamoatchiligimiz bilan yana bir bor har tomonlama koʻrib chiqib, qabul qilish vazifasi turibdi.
Biz shu kunga qadar barcha islohotlarni xalqimiz bilan bamaslahat amalga oshirib kelyapmiz. Konstitutsiyaga kiritiladigan har bir oʻzgartirish va qoshimcha, albatta, umumxalq muhokamasiga qoʻyilishi zarur. Chunki, el -yurtimiz gʻoyat muhim va hal qiluvchi tarixiy tanlov oldida turibdi.
Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi boʻladigan yangilanayotgan Konstitutsiyamizga tayanib, Yangi Oʻzbekistonni albatta birgalikda barpo etamiz.

Qo’ng’irot tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti O.T.Matyakupov