Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Yangilanayotgan Konstitutsiyada-davlat ijtimoiy himoyasi


Ta'kildash kerakki, Konstitutsiya fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, huquq va erkinliklarini ta'minlashda huquqiy poydevor bo'lib xizmat qiladi.
Darhaqiqat, so'nggi yilar mobaynida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha, yurtimizda keng ko'lamli huquqiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligining yaqqol guvohi bo'lmoqdamiz.
O'tgan qisqa davrda ichida, O'zbekistonda islohotlar samarasi o'laroq, inson qadrini ulug'lashga qaratilgan bir qator ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Shu asnoda, Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratish, Konstitutsiyaviy islohotlar natijadorligini ta'minlash va xalqchil islohotlarni davom ettirish maqsadida, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangilanayotgan Konstitutsiyamizda quyidagi ustuvor yo'nalishlar belgilash taklif etilmoqda.
Xususan, «Yangi O'zbekiston – ijtimoiy davlat» tamoyilini konstitutsiyaviy norma sifatida
eng avvalombor inson huquqlarini himoya qilishning amaldagi tizimining samaradorligini yanada oshirish, bolalar mehnatining oldini olish, nogironlar, keksa avlod vakillari huquqlarini ishonchli himoya qilish, inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlarini ishonchli himoyasini ta'minlash.
Aytish kerakki, muhtaram yurtboshimiz tomonidan Yangilanayotgan Konstitutsiyamizga «O'zbekistonda o'lim jazosi taqiqlanadi», degan yana bir muhim normani kiritish taklif qilindi.
Nega deganda, yashash huquqi – har bir insonning tabiiy va uzviy huquqi hisoblanadi.
Shu bilan birga, ko'plab rivojlangan davlatlarning Konstitutsiya va qonunlarida hamda inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda aks etgan, shaxsni ushlash chog'ida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirilishini nazarda tutadigan «Miranda qoidasi» ham konstitutsiyaviy norma sifatida yangilanayotgan Konstitutsiyamizda muhrlab qo'yilmoqda.
Bundan tashqari, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini to'laqonli ta'minlashga qaratilgan yangilanayotgan Konstitutsiyamizda «Xabeas korpus» institutini rivojlantirishga ham jiddiy ahamiyat berilmoqda.
E'tirof etish kerakki, yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasida aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog'liq bir qator huquqiy normalar va mexanizmlar to'liq ochib berilmoqda.
Jumladan, yangi Konstitutsiyamizda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va ishsiz fuqarolarni hamda «Temir daftar»ga kiritilgan barcha toifalarni to'liq qamrab olishi ham nazarda tutilmoqda.
Xulosa o'rnida aytganimizda, yangilanayotgan Konstitutsiya tom ma'noda, mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasi, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo'ladi desak, aslo xato bo'lmaydi.

B.Avazmetov,
To'rtko'l tuman adliya bo'limi
Yuridik xizmat ko'rsatish
markazi boshlig'i.