Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Yangi O‘zbekiston-yangi islohatlar: Davlat boshqaruv idoralarida masofaviy «onlayn qabul» va «virtual tashrif» kabi zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ish uslublari joriy etiladi


Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida mamlakatimizda natijadorlikka yo‘naltirilgan ixcham va professional davlat boshqaruvi tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yangilangan talablar va tamoyillar asosida tashkil etish maqsadida, Prezidentimiz tomonidan 21-dekabr 2022 yilda “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-447-son Qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan, 2023-yilning 1-yanvaridan:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbari vazifasini bajarishi taqiqlanadi;
uyushma va boshqa xo‘jalik birlashmalariga davlat hokimiyati vakolatlarini berish va ularning rahbarlarini Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan lavozimga tayinlash amaliyoti bekor qilinadi.
Shuningdek, respublika va xududiy ijro hokimiyati organlarining funksiyalarining yagona ochiq reestri shakllantiriladi. Ushbu reestrni onlayn yuritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Davlat funksiyalari” axborot tizimi ishga tushiriladi.
Davlat boshqaruvining ochiqligini ta’minlash maqsadida 2023-yilning 1- yanvaridan boshlab sinov tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida qabul qilinayotgan barcha idoraviy buyruqlar, qaror va farmoyishlar “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinadi va e’lon qilinadi. Kelgusida ushbu amaliyot barcha ijro hokimiyati organlariga tatbiq etiladi.
Shu bilan birga, xizmat safarlari sonini kamaytirgan holda joylardagi muammolarni aniqlash uchun “onlayn qabul” va “virtual tashrif” kabi usullardan foydalaniladi.

Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi xodimi A.Orazimbetov.