Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Konstitutsiyaviy islohotlar: O’zbekistonda o’lim jazosi taqiqlanadi - yangi konstitutsiyada inson huquqlari eng asosiy qadriyat.


1994-yilda qabul qilingan O'zbekiston Jinoyat kodeksida 13 ta modda bo'yicha o'lim jazosini tayinlashi mumkin edi. Keyinchalik jinoiy jazolarni librallashtirish natijasida 2008-yilgacha qonunchilikka muvofiq ikki turdagi jinoyat, ya’ni javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldirish va terrorizm jinoyatlarini sodir etganlik uchun o'lim jazosi nazarda tutilgan edi. O’zbekiston Respublikasining 2077-yil 11-iyuldagi «O’lim jazosini bekor qilinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g'risida»gi Qonuniga muvofiq 2008-yil 1-yanvardan barcha jinoyatlar uchun bekor qilindi.
Kiritilayotgan o'zgartirish nafaqat o'lim jazosini bekor qilish, balki qat’iy ravishda O'zbekiston o'lim jazosi taqiqlanishini e’lon qilmoqda.
Mazkur norma yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqi sifatida tan olinishga asos bo'lib, mamlakatmizda o'lim jazosini belgilash va tayinlashni taqiqlaydi. Shu tariqa davlatimiz bu o'ta jiddiy masalada hech qachon ortga qaytmasligini, insonparvarlik g'oyalariga sodiq ekanligini butun dunyoga yaqqol namoyon qiladi.
O’lim jazosini ta'qilashni Konstitutsiyadan o'rin olishi buni yanada mustahkamlaydi. Bunday o'zgarish bizni kuzatib turgan va O'zbekistonga xayrixoh bo'lgan davlatlar oldidagi nufuzimiz yana bir pog'ona oshishi, qonunchiligimizga bo'lgan hurmati yanada yuksalishiga xizmat qiladi.
BMTning 1966-yil 16-dekabrdagi Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risidagi Xalqaro paktning 6-moddasiga binoan «Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir. Bu huquq qonun bilan muhofaza qilinadi. Hech kim o'zboshimchalik bilan hayotdan mahrum etilishi mumkin emas». O'lim jazosini ta'qiqlash mazkur Paktga 1989-yil 15-dekabrdagi ikkinchi qo'shimcha protokol talablaridan kelib chiqadi.
Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqi bo'lib, qonun bilan muhofaza qilinishi bir qator davlatlarda konstitutsyaviy darajada mustahkamlangan.


Muynoq tumani yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshlig'i M.Koluzanov