Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O’zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-269-sonli Farmoning mazmuni va ahamiyati


Mamlakatimiz taraqqiyotining zamonaviy bosqichida keng ko‘lamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va jadal rivojlanish yo’lidan maardonovor harakat qilish davlat boshqaruvining mutlaqo yangi, samarali va sifatli faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida uyg‘un faoliyatini tashkil etish ma’muriy islohotlarni amalga oshirishga bo’lgan talabni oshirib yubordi.
Yangi O‘zbekiston sharoitida zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani ko‘rib chiqish jarayonlarini soddalashtirish orqali davlat organlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish hamda ular faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirish maqsadida 21.12.2022-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O’zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-269-sonli Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan 2023-yil 1-yanvardan:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosi bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalaridan mustaqil ravishda Bosh vazir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashi tizimi tashkil etilib, Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.
Unga ko’ra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar bo‘yicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi bo‘limlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limi tugatilib, Hukumat rahbari faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan ta’minlaydigan Bosh vazir kotibiyati tashkil qilindi.
Shuningdek, mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining sonini 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar sonini 25 tadan 21 tagacha qisqartirilishi belgilanib Vazirlar Mahkamasi tizimi quyidagi belgilandi:
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
3. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi;
4. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
5. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
6. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
7. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;
8. Tabiat resurslari vazirligi;
9. Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
11. Suv xo‘jaligi vazirligi;
12. Raqamli texnologiyalar vazirligi;
13. Adliya vazirligi;
14. Transport vazirligi;
15. Madaniyat va turizm vazirligi;
16. Mudofaa vazirligi;
17. Energetika vazirligi;
18. Sog‘liqni saqlash vazirligi;
19. Tashqi ishlar vazirligi;
20. Ichki ishlar vazirligi;
21. Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Bundan tashqari, 2023-yil 1-yanvardan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining samarali ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har bir respublika ijro etuvchi hokimiyat organining yil davomida erishishi zarur bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) belgilanishi, espublika ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda jamoatchilik oldida bevosita hisobdor bo‘lishi belgilab qo’yildi.
Ushbu Farmon doirasida shtat birliklarini maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar ijtimoiy masalalarni hal etishga yo‘naltirilishi belgilab qo’yildi.
Shu o’rinda xulosa qilishimiz mumkinki, bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Yangi O’zbekiston” gʻoyasi zamirida ma’muriy islohotlarni amalga oshirilishi natijasida davlat boshqaruvi tiziminining ixchamlashishiga ular rahbarlarining ma’suliyatini yanada oshishiga, rahbarlarning moliyaviy va institutsional mustaqilligi ta’minlanishiga, hududlar bilan ishlashning samarali tizimi joriy etilishiga erishiladi.




Beruniy tumani Adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti B.Egamberdiyev