Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Odam savdosi qurboniga aylanib qolmang!


Har qanday huquqiy demokratik davlatda qonun ustuvor bo‘lishi kerak. Davlat va jamiyatdagi barcha sohalardagi munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinishi bilan muhimdir.
Biz bilamizki, odam savdosi bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu sohani tartibga solish borasida davlatimizda 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan. Unga ko‘ra, odam savdosi — kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish yo‘li bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning o‘zga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka o‘xshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olishni anglatadi.
Shuningdek, davlatimizda odam savdosidan jabrlanganlarga har tomonlama zarur yordamlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalar tashkil etilgan.
Ixtisoslashtirilgan muassasalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qulay yashash sharoitlari va shaxsiy gigiena vositalari bilan ta’minlash;
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash;
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, huquqiy yordam va boshqa yordam ko‘rsatish;
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning xavfsizligini ta’minlash;
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatishiga ko‘maklashish;
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari haqida axborot taqdim etish;
odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga va moslashuviga ko‘maklashish.
Respublikamizda odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish qonun bilan mustahkamlangan bo‘lib, ularni normal hayot tarziga qaytarish uchun zarur choralar ko‘riladi. Shuningdek, O‘zbekistonda har bir inson qonun himoyasida ekanligini unutmang va “Odam savdosi” qurboniga aylanib qolmang!

S.Raimbekova,
Beruniy tumani adliya bo‘limi boshlig‘i,
2-darajali yurist.