Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘r


Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-sonli qarori bilan tartibga solingan.
Mazkur Reglament avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq yuridik shaxslar va o’zini o’zi bant qilgan jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali murojaat qiladilar.
Litsenziya berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organlar deb ataladi) tomonidan tegishli qarorlar qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) — yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha litsenziyalar berish, litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, ularni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish amalga oshiriladi;
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqi uchun ushbu Reglamentga  muvofiq namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Ariza beruvchining so‘rovnomasiga ko‘ra litsenziya quyidagi faoliyat turlari uchun beriladi:
a) yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobuslarda tashish;
b) yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish;
v) yo‘lovchilarni xalqaro avtobuslarda tashish;
g) yo‘lovchilarni xalqaro mikroavtobuslarda tashish;
d) yo‘lovchilarni xalqaro yengil avtomobillarda tashish;
e) yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashish.
Litsenziat litsenziyalovchi organga murojaat qilganda, bir ariza bilan ushbu litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya turlarining bir necha qismini olish huquqiga ega.
Shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilarni avtobuslarda yoki mikroavtobuslarda tashish huquqini beruvchi litsenziya varaqasiga ega bo‘lgan avtotransport vositalaridan mahalliy va xorijiy fuqarolarni shaharda va shahar atrofida turistik-ekskursiya qilish yo‘nalishlarida (nomuntazam yo‘nalishlarda) yo‘lovchi tashishni amalga oshirish uchun qo‘shimcha litsenziya varaqasi olish talab etilmaydi.
Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmaydi.
Litsenziya asosida har bir avtotransport vositasiga ushbu Reglamentga  muvofiq litsenziya varaqasi beriladi.
Litsenziya varaqasining amal qilish muddati ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bilan cheklanadi. Litsenziya varaqasining amal qilishi litsenziya varaqasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi.
So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Beruniy tumani Davlat xizmatlar
markazi bo’lim bo’shlig’i                              K.Ro’zimov