Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Davlat tili haqidagi qonunchilik hujjatlariga amal qiling!


Yangi tahrirdagi Qonunning muhim jihati shundaki, unda o‘zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi mavqeyi hisobga olindi. Bu Qonunda O‘zbekiston Respublikasining demokratik, tinchliksevar siyosati o‘zining aniq ifodasini topdi. O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu narsa respublika hududidagi boshqa tillarning faoliyat ko‘rsatishi, rivojlanishi, O‘zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o‘z ona tillarida erkin aloqa qilishlari uchun aslo monelik qilmaydi. Qonunning 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi. Bu esa yangi Qonunning naqadar xolis ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbek tilining Vatanimizda davlat tili sifatida amal qilinishining huquqiy asoslari qonunan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonuni uch tamoyilga: umumiylik, majburiylik va huquqiy kafolatga asoslanadi. Darhaqiqat, davlat tilining mustahkam huquqiy maqomi belgilab qo‘yilgani tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanishga yetarlicha zamin yaratib, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi barobarida o‘zbek tilining erkin muomalada bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitni yaratib berdi. Dunyoda taniqli mamlakat bo‘lish uchun biz davlat tilining maqomini ko‘tarishga erishishimiz lozim. So‘nggi yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘yi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Turli darajadagi rasmiy uchrashuv va muzokaralarda tilimiz keng qo‘llanayotgani, xorijdagi qator ta’lim dargohlarida, ilmiy muassasalarda o‘zbek tili markazlari tashkil etilib, ularda ona tilimizni o‘rganishga qiziquvchilar soni ko‘payib borayotgani buning yaqqol dalilidir. Shuningdek, kuni kecha Ichki ishlar vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamalari portaliga joylashtirilgan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ham davlat tilining huquqiy maqomi, amaliy ahamiyatini oshirish borasida navbatdagi muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Zero, yurtda yashovchi har bir fuqaro, millati va dinidan qat’iy nazar, davlat tiliga alohida hurmat va e’tibor ko‘rsatishga birdek mas’uldir. Butun mamlakat ahli davlat tilini birdek sevsa va qadrlasagina, u o‘z maqomida mustahkam bo‘ladi, rivojlanish sari dadil odimlab boraveradi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va nufuzini oshirish borasida har bir sohada nihoyatda muhim o‘zgarishlar, yangilanishlar amal oshirilmoqda. Jumladan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida ham ushbu yo‘nalishda jadal islohotlar yo‘lga qo‘yilib, tizimda hujjat almashinuv ishlari to‘liq davlat tilida olib borilmoqda. Vazirlikka qarashli barcha hududiy bosh boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning peshlavhalari, binoning ichki va tashqi yozuvlari to‘liq lotin alifbosida bo‘lishi, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalar, internet saytlarida ham davlat tilidagi qonun hujjatlariga amal qilinishi ta’minlanmoqda.

Beruniy tumani yuridik
xizmat ko’rsatish bosh
yuriskonsulti                                     Masharipov Shoxrux