Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Oilaviy ajrimlarning oldini olish, ajrimlarning kamayishiga erishish maqsadida amalgam oshirilayotgan chora tadbirlar


Oilaviy ajrimlar bugung kunda dolzarb muammo, jamiyatimizning og`riqli nuqtasiga aylanib ulgurdi. Yurtimizda jar yoqasiga kelib qolgan oilalarni asrab qolishga, bolalarni tirik yetim, onalarni tul qilmaslikka jiddiy e`tibor qaratilayapti. Mahalla faollari, diniy ulamolar, ma`naviyat va ma`rifat targ`ibotiga daxldor tashkilotlar va keng jamoatchilik sa`y harakatlariga qaramay, afsuski, oilaviy ajrimlar soni keskin kamaymayapti. Xo`sh, nega ajrimlar, oilada nizoli holatlar vujudga kelayapti. Oqibatlar o`rganilganda, oilalarning ajralib ketishiga moddiy yetishmovchilik, uchinchi shaxs aralashuvi, befarzandlik, jufti haloliga xiyonat, uzoq vaqt birga yashamaslik, o`zaro bir-birini tushunmaslik sabab bo`layotgani oydinlashadi. Tan olish kerak, oilalarning buzilib ketishiga qaynona kelin munosabatlarining yomonlashuvi, achinarlisi, jahl ustida aytilgan birgina achchiq gap ham sabab bo`lmoqda.   Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalardagi vaziyat o`rganilganda ro`zg`ordagi yetishmovchilikka, erkaklarning oilasidagi o`z o`rni va mavqeini yo`qotishlariga aynan ichkilik sabab bo`layotgani oydinlashadi. Ikki-uch bolali ota va onalarning Xarakterimiz to`g`ri kelmadi degan vaj bahona bilan ajrashish haqida qaror qabul qilishayotgani, voyaga yetmagan farzandlarining kelgusidagi taqdirin o`ylab ham ko`rishmayotgani, hayotning kichik bir zarbasidan gangib qolib, zimmasidagi yuksak mas`uliyatni unutishayotgani qalblarni larzaga soladi. Mana shunday vaziyatlarda azal-azaldan oila keksa, mahalla nuroniylari tomonidan uchqunning alanga olmasligichoralari ko`rilgan. Ya`ni yoshlarga pand nasihatlar, ibratli voqealar so`zlab berilgan. O`ylanmay tashlangan qadamlarning og`ir oqibatlari va asoratlari haqida ogohlantirilgan. Ajrimlarning yana bir jiddiy sababi o`tkinchi hoyu-havaslar ortidan qarzga botib qolish hisoblanadi. Shohona yashash, qimmat mashina minish, dang`illama to`ylaru ziyofatlar qilish niyatids bemaqsad, rejasiz qarz va kreditlar olish, so`ngra uni qaytarolmagani uchun yuzaga keladigan noxush vaziyatlar oilaviy ajrimlarning sabablaridan biriga aylanayotgani ham bor gap. Xorijga ishga chiqish, mehnat migrantlarining oilaviy munosabatlarga ta`sir etayotganligi oilaviy ajrimlarning ko`payish holatlariga sabablaridan yana biridir. Bu borada ham aynan oilaning asosiy ikki vakilidan biri xorijga ishlash uchun ketgan oilalar bilan ham doimiy muloqotlar olib boorish zarur.
Har bir oilaviy ajrimga jamiyatning katta fojiasi sifatida qaraladigan fursat yetib keldi. Har bir insinning oilaviy baxt topishga, hayotini tinchlik totuvlikda kechirishga haqqi bor.
Oiladagi ajrimlarni oldini olishda asosan, yoshlarni oila ilmiga o`rgatish maqsadga muvofiq. Ularda oila muqaddas qo`rg`on ekanligi to`g`risidagi targ`ibot tushuntirish ishlarini butunlay yangi bosqichda, noodatiy usul va yondashuvlar asosida olib boorish kerak.



Amudaryo tumani FHDY bo`limi inspektori                                      M.Eshmurodova