Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

BIR MUROJAAT IZIDAN


Mamlakatimizda Adliya vazirligi hamda uning quyi boʻgʻinlari qonun hujjatlarini bir xilda qoʻllanilishida hamda inson huquq va erkinliklarini samarali himoya qilinishini yagona davlat huquqiy siyosatini olib boradi.
Xususan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida Beruniy tuman adliya boʻlimi tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilyapti.
Tuman adliya bo`limiga jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan kelib tushgan murojaatlarning aksariyati tez va oson ijobiy yechim topyapti.
Jumladan, Beruniy tumanida istiqomat qiluvchi hamda tuman Xalq ta’limi bo`limiga qarashli umumiy o`rta ta’lim maktabida rus tili va adabiyoti o`qtuvchisi lavozimida ishlab kelgan B.Bekniyazova (ismi sharifi o`zgartirilgan) TRKI-III (S1) sertifikati uchun qo’shimcha ustama mablag`lari to`lanmayotganligidan norozi bo`lib tuman adliya bo`limiga yo`llagan murojaati tegishli tartibda o`rganib chiqildi.
O`rganish davomida,  B.Bekniyazova 2022-yil 10-iyun kuni muddatsiz davrga rus tili bo'yicha TRKI-III (S1) sertifikatini olganligi hamda tuman Xalq ta’limi bo`limi tomonidan unga ishlagan davrlari uchun jami 6 300 000 so`m qo`shimcha ustama mablag`lari to`lanmasdan turganligi aniqlandi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi “Xorijiy tillarni o`rganishni takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 34-sonli qarorining 11-bandida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqoro tan olingan sertifikatiga ega rus tili fani o`qtuvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab ikki yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustama to`lash tartibini 2022-yil 1-fevraldan boshlab joriy etish belgilangan.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasiga muvofiq, ish beruvchi o`zining moliyaviy holatidan qat’iy nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning
161-moddasida ko`rsatilgan muddatlarda to`lashi shart, deb belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, Beruniy tuman adliya bo`limi tomonidan qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularning sodir etilishiga ko`maklashuvchi sabablar va shart-sharotlarni bartaraf etish to`g`risida tuman Xalq ta’limi bo`limga taqdimnomaga kiritilib, natijasiga ko`ra, B.Bekniyazova hisob-kotob qilingan 6 300 000 (olti million uch yuz ming ming) so`m qo`shimcha ustama mablag`lari to`lab berilishi hamda ta’minlandi.

Vaxobjon Turaniyazov
Beruniy tuman adliya bo`limi
yetakchi maslahatchisi