Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Inson huquqlari-eng oliy qadriyat


Inson huquqlari-eng oliy qadriyat

    Rivojlanib borayotgan bu zamonamizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining kafolatlanishi rivojlangan va endi rivojlanayotgan davlatlarning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.
    Bosh qomusimiz hisoblangan Konstitutsiyamizning 13-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi“ deb belgilab qo`yilgan.
    Konstitutsiyamizning 26-moddasida “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas“ deb belgilangan.
    Shunga asosan O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 2-moddasida “Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir“ deb belgilangan.
    Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich  takliflariga binoan  Mamlakatimizda 2022-yil  «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb belgilanishi, jamiyatda insonning huquqlari, erkinliklari, qonunlarda belgilangan manfaatlarini himoya qilish, inson huquqlarini eng oliy qadriyat darajasiga chiqarish debochalaridan yana biri hisoblanadi.
    Yuqorida keltirilgan misollardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo`lsak, yurtimizda qabul  qilinayotgan har bir qonun, insonning huquqlari, erkinliklari, uning qonuniy manfaatlari, qadr-qimmatini har tomonlama, ichki va tashqi tajovuzlardan himoya qilishga xizmat qilmog`i zarur.

To`rtko`l tuman adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti
Ismoilov Jo`rabek Farxod o`g`li

    Maqolani Tayyorlashda, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Lex.Uz, Aniq.uz, Gazeta.uz saytlaridan foydalanildi.