Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Keksa yoshdagi shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari


Inson qadri har narsadan ulug‘. Yurtimizda amalga oshirilayotgan  islohotlar, o‘zgarishlar zamirida ana shu ezgu maqsad mujassam. Keksalarni e’zozlash, qadrlash ularga hurmat e’tibor ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy  qadriyatlardan biridir. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 39-moddasida Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqi belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, yurtimizda  keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qator qonun hujjatlar mavjud “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” qonunning 2-moddasida Davlat pensiyalarining turlari; yoshga doir pensiya, nogironlik pensiyasi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiya turlari qonun hujjatlar bilan belgilab qo‘yilgan. Yoshga doir pensiya olish huquqi erkaklar 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida
25 yil bo‘lgan taqdirda, ayollar 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida
20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning turmush sharoitini yaxshilash, faol va mazmunli hayot kechirishlarini ta’minlash, boy hayotiy tajribasidan keng foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 27-sentyabrdagi 816-son qaroriga asosan, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ularning o‘rnini yanada oshirish maqsadida har yil oktyabr oyining birinchi haftasida yurtimiz miqyosida “Keksalar haftaligi”ni o‘tkazish belgilangan. Shuningdek ushbu qarorga muvofiq keksalarning muammolarini manzilli o‘rganish va bartaraf etish, keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribasidan oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda keng foydalanish, ularning islohotlar jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlash maqsadida “Keksalar maslahati” guruhlari to‘g‘risida nizom tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-sentyabrdagi tegishli bayoniga asosan, o‘tkan yilning 4-10-oktyabr kunlari “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish-xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” o‘tkazilganligi hammamizga ma’lum.
Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish borasida keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. 2021-yil 25-mart kuni “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, «saxovat» va «muruvvat» internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” PF-6195-sonli Prezidentining farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy himoya va tibbiy-ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi va uning hududiy bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilishi belgilangan. Agentlik keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organi sifatida belgilanib qo‘yildi.
    Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda yoshi ulug‘ insonlarning munosib hayot kechirishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Bu kabi islohotlar zamirida, avvalo, jamiyatimizni yanada erkinlashtirish, hayotimizni bundanda obod va farovon qilish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash singari ezgu maqsadlar mujassamdir.


Beruniy tuman
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti                                                    A.Qurbaniyazov