Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Oliy toifali pedagog kadrlar endilikda majburiy attestatsiya sinovlaridan ozod etiladi.


Oliy toifali pedagog kadrlar endilikda majburiy attestatsiya sinovlaridan ozod etiladi.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli Qarori bilan maktabgacha, umumiy o‘rta, O‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan utkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra endilikda oliy malaka toifaga ega bo‘lganidan sung uni 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga (shu jumladan, dekret ta'tili davri ham) ega bo‘lgan pedagog kadrlar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmasligi belgilandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ”Normativ-xuquqiy xujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan normativ-xuquqiy xujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu munosabat bilan Oliy malaka toifasiga ega pedagog qadrlar majburiy attestatsiya sinovlaridan ozod etildi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligining 12 sentyabr 2022-у. 03-03/1-4619 - son koʻrsatmasida ham nazarda tutilgan.
Oliy malaka toifasiga ega boʻlgandan soʻng pedagog uni 15 yil davomida saqlab kelgan boʻlishi va uzluksiz ish tajribasiga ega boʻlishi talab etiladi.
Shu yilning 2 avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan oliy toifali pedagoglarga ushbu oʻzgarishlar tatbiq etilmaydi.
Qayd etilish joyz, mazkur pedogoglarning oliy malaka toifasi umrbod saqlanib qolinadi. Shuningdek, bakalavr va magistr darajasiga ega kadrlarning malaka darajasi avtomatik ravishda ikkinchi toifa etib belgilanishi boʻyicha koʻrsatma berilgan.

Toʼrtkoʼl tumani Adliya bo’limi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi Bosh yuriskonsulti Allabergenov Davranbek Allabergenovich.