Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Qarz shartnomasi deganda nimani tushinishimiz kerar va bu juda muhim.


Qarz shartnomasi deganda nimani tushinishimiz kerar va bu juda muhim.

Pul berarkansiz, kimga va qanday maqsadlar uchun qarz berayotganingizni o‘ylab olishingiz kerak. U ishonchli odam bo‘lsa ham, ehtiyotkorlik ortiqchalik qilmaydi – qarz majburiyatini yuridik rasmiylashtirish kerak, buning uchun qarz shartnomasi tuziladi.
“Yaqin kishisidan tilxat olish? Bu qanday gap!?”– qarindoshingiz yoki do‘stingiz shunday fikrga borishi tabiiy. Biroq, agar u inson haqiqatan qarzni qaytarishni istayotgan bo‘lsa, tilxat yozib berish unga mutlaqo og‘ir tushmaydi. Bu hujjat qarzdorga u zimmasiga yuridik majburiyatlar olganligini eslatib turadi.
Qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun aniq bir shakl belgilab qo‘yilgan yoxud shartnoma tuzishning muayyan shakli taraflar tomonidan kelishib olingan bo‘lmasa, shartnoma har qanday shaklda tuzilishi mumkin. Ana shunday shartnomalardan biri bu qarz shartnomasidir. O‘zbekiston respublikasi Fuqarolik kodeksining 732-moddasida qarz shartnomasiga ta’rif berilar ekan unga ko‘ra, qarz shartnomasi bo‘yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi. Qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga barovar ashyolarni qaytarib berish majburiyatini oladi.
Qarz shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilardan iborat:
- birinchidan, qarz shartnomasi real shartnoma bo‘lib hisoblanadi, chunki taraflar o‘rtasida huquq va burchlar shartnoma predmeti bo‘lgan pul yoki ashyoning topshirilishi vaqtidan e’tiboran vujudga keladi va shartnoma ham pul topshirilgan vaqtdan kuchga kiradi;
- ikkinchidan, qarz bir tomonlama shartnomalar sirasiga kiradi, shartnoma yuzasidan qarz beruvchi huquqlar olsa, qarz oluvchida burchlar vujudga keladi;
- uchinchidan, qarz shartnomasi fuqarolar o‘rtasida agar bu qarzning summasi eng kam ish haqining o‘n barovaridan ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklida tuzilishi, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganida esa, qarz summasidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart;
- to‘rtinchidan, qarz mulkga nisbatan bo‘lgan egalik huquqini yoki mulkni operativ boshqaruv huquqini o‘tkazishga qaratilgan shartnomalardan hisoblanidi. Qarzdor qarzga olingan narsaning aynan o‘zini qaytarmasdan, balki olgan pulni yoki o‘sha qarzga olingan narsaning xili, sifati va miqdori baravarida boshqa narsani qaytarishga majbur bo‘ladi;
- beshinchidan, agarda qonunda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bo‘ladi;
- oltinchidan, agarda qarz shartnomasi bo‘yicha qarz oluvchiga turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar topshirilsa, ularning miqdori va shakli (pul yoki natura holidagi) shartnomada ko‘zda tutilgan hollarda foizlar to‘lanishi kerak.
    Shuningdek, qarz shartnomasining fuqarolik huquqiy munosabatlarida alohida ikkita turi mavjud, ya’ni aniq maqsadli qarz va davlat zayomi shartnomasi.
Oddiy qarz shartnomasi aniq maqsadli qarz shartnomasidan farq qiladi, bunga sabab shundaki, maqsadli qarz shartnomasi asosida olingan qarz ko‘rsatilgan aniq maqsadlar uchun ishlatilishi lozim. Masalan, korxona, tashkilot o‘z xodimining uy-joy sharoitini yaxshilash maqsadida unga qarz bergan bo‘lsa, xodim uni boshqa maqsadlarda ishlatsa, qarz beruvchi pulni va foizlarni qaytarib olishga haqli bo‘ladi. Mazkur shartnoma bo‘yicha qarz oluvchi qarz beruvchiga olingan pul mablag‘ini aniq maqsadlarda ishlatilayotganligini nazorat qilish imkoniyatini yaratib berish yoki boshqacha so‘z bilan aytganda hisobdor bo‘lib turadi.
    Qarz shartnomasining yozma shakliga amal qilmaslik shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi. Ya’ni, qarzga oluvchi shartnoma shartlarini bajarmay, qarz summasini qaytarishdan bosh tortgan taqdirda, tegishli sud idoralariga da’vo ariza bilan murojaat qilish huquqidan mahrum etilishiga olib kelishini tushunish lozim.
Xususan, amalyotda fuqarolarning mazkur jarayonlarning bilmasligi oqibatida, ularning qarz shartnomasi yuzasidan sudlarga murojaat qilinishiga olib kelmoqda. Vaholanki, notarius tomonidan qarz summasini undirib berish bo‘yicha yozilgan ijro yozuvi, qo‘shimcha qog‘ozbozlik yoki ovoragarchiliklarni oldini oladi.

Amudaryo tumani adliya bo‘limi
   yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
     bosh yuriskonsulti 1-darajali yurist:
                                                           Sh.Sh.Vaisniyazov