Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Tibbiy yordamdan foydalanishda kimlar imtiyozlarga ega


Tibbiy yordamdan foydalanishda kimlar imtiyozlarga ega

Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, respublikada yuksak jahon talablari darajasidagi yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni shakllantirish, Ilg‘or tibbiy texnologiyalarni keng joriy etishning tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarini vujudga keltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil         26-fevraldagi “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3214-sonli Farmoni qabul qilingan. Mazkur farmonning               2-ilovasida yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yhati keltirilgan.
Jumladan, 1. Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, 2. Chin yetimlar;       3. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar; 4. 1941-1945 yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar; 5. Yoshga oid pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar; 6. 1941-1945 yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;                  7. Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar; 8. Baynalmilalchi-jangchilar; 9. Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari. 10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, 18 yoshga to‘lmagan patologiyali bolalar; 11. Chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18-27 yoshdagi) shaxslar; 12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, patologiyali homilador ayollar; 13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar;             14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan shaxslar; 15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, sil kasalligiga chalingan shaxslar;            16. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, onkologiya kasalliklariga chalingan shaxslari. 17. Dasturli gemodializ oluvchi bemorlar tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar hisoblanishi belgilangan.
Shuningdek, O‘Zbekison Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi “Hududiy sog‘liqni saqlash muassasalarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 48-sonli qarorining             2-ilovasida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga 1. G‘irt yetimlar, 2. I va II guruh nogironlari, 3. Bolalikdan nogironlar,                        4. 1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar, 5. 1941—1945 yillardagi urush davrida mehnat fronti qatnashchilari, 6. Yoshiga ko‘ra ishlamayotgan pensionerlar, 7. Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etishda nogiron bo‘lgan shaxslar, 8. Baynalmilal jangchilar, 9. «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari, 10. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga chalingan shaxslar, 11. Chaqiruv komissiyalari yo‘llanmalari bo‘yicha 15—17 yoshdagi o‘smirlar va chaqiriq yoshidagi (18—27 yoshar) shaxslar kirishi ko‘rsatilgan.




To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi
inson hg‘uquqlarini himoya qilish
va huquqni qo‘llash amaliyotini
o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi                  M.Z.Sheripboev