Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tizimiga olish tartibi


Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish — normativ-huquqiy hujjatlarni markazlashtirilgan tarzda yig‘ish, hisobga olish, ularning fondlarini yaratish va nazorat nusxalarini yuritish hamda ular haqidagi markazlashtirilgan axborotni shakllantirish tushuniladi.
O'zbekiston Respublikasi adliya vazirining 19.06.2021-yildagi ro'yxatdan o'tgan (ro'yxat raqami 3311) buyrug'ining 2-bobida Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish uchun yuborish tartibi qoidalari belgilangan.
Bunda, Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar davlat hisobiga olish uchun Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari yuboriladi:
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari «Adolat» markaziga qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan elektron shaklda yuboriladi.
Bunda, normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga taqdim etiladi:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari normativ-huquqiy hujjatlari tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan;
tuman (shahar) hokimining, tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashining normativ-huquqiy hujjatlari tegishincha tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan.
Bunda, normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakli elektron pochta tizimi orqali yuboriladi deb belgilangan va bugungi kunda mazkur tartib bilan normativ-huquqiy hujjatlar davlat hisobiga olinyabdi.



Adliya vazirligi Huquqiy xizmatlar bo’limi boshlig’i                                                 P.Kojametov