Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

15-may – Xalqaro oila kuni


15-may – Xalqaro oila kuni
Ta'kidlab o`tish joyizki, 15 may kuni, jahon miqyosida Xalqaro oilalar kuni (International Day of Families) nishonlanadi. Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentyabrdagi Xalqaro oila yili to'g'risidagi rezolyutsiyaga muvofiq 1994-yilning 15-mayidan buyon muntazam ravishda nishonlanib keladi.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur Hukumat hujjatiga ko'ra, quyidagilar O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash bo'yicha asosiy yo'nalishlar etib belgilandi:
Jumladan, oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo'yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish; demografik rivojlanishni rag'batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish; oilaning tarbiyaviy-ta'lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda an'anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni yaxshilash hamda oilalarga ta'sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko'rsatishning samarali tizimini yaratish.
Shuningdek, ushbu qaror bilan, O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash kontseptsiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha «Yo'l-xaritasi» tasdiqlandi.
Unga asosan, «Oila» markazi, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi va keng jamoatchilikning Xalqaro oila kunini respublikaning barcha hududlarida har yili nishonlash to'g'risidagi taklifi ma'qullandi.
To'rtko'l tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i Bekpolat Avazmetov.