Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Salkam yarim asrda qayd qilingan hujjat


Amudaryo tumani Turkiston ko`chasi 4-uyda yashovchi fuqaro Nuranova Fotimaning 1977-yil 3-fevral kuni tirik tug`ilib, shu kuni vafot etgan qiz jinsli ikkinchi farzandi Ernazarova Tusunoy Jumabayevnaning tug`ilganligi va o`lim haqida dalolatnoma yozuvlari o`z vaqtida qayd qilinmasdan qolgan.
Endilikda shu kunga kelib notarius tomonidan meros ishi ochilganda ushbu qizining tug`ilganlik va o`lim haqida hujjatlari talab qilinib, zaruriyat paydo bo`lganligi sababli tuman FHDYo bo`limiga murojaat qilindi. FHDYo xodimlari tomonidan FHDYo ning yagona arxiv bazasidan tekshirilganida tug`ilganlik va o`lim holatlari o`z vaqtida qayd qilinmaganligi ma`lum bo`ldi.
Amudaryo tumani FHDYo ning malakali xodimlar tomonidan onaxonga huquqiy tushuntirish va amaliy yordam berish natijasida tuman FIB sudi tomonidan shu onadan tug`ilganlik va o`lim faktlari aniqlanib, 49 yildan keyin farzandiga tug`ilganlik haqida dalolatnoma va o`lim haqida dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilib, amaliy yordam ko`rsatildi. Fuqaro Nuranova Fotimaga 2022-yil 18-may kuni haqiqatda farzandi 1977-yil 3-fevral kuni vafot etganligi haqida o`lim guvohnomasi  berildi.

Amudaryo tumani FHDY bo`limi mudirasi Sanavar Xalbayeva