Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday yengilliklar mavjud?


O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday yengilliklar mavjud?

Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarga mehnat qonunchiligi  bo‘yicha bir qancha yengilliklar belgilab berilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
116-moddasida I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar ularning yoshi, sog‘lig‘i holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zga holatlarni inobatga olib, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Mazkur kodeksning 220-moddasida ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yo‘llangan nogironlarni ishga qabul qilishi shart ekanligi belgilab berilgan.
Shuningdek, TMEKning nogironlarga to‘liqsiz ish vaqti rejimi o‘rnatish, ularning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiy hisoblanadi.
I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to‘lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi va o‘ttiz kalendar kundan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi. Ularning xohishi bo‘yicha ta’til olti oy o‘tmasdan oldin beriladi.
Nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.

A.Gulimbetov,
Xo‘jayli tuman adliya bo‘limi
yetakchi maslahatchisi